Navbatdagi “Tinchlik missiyasi” mashgʻulotlari 2018 yilda Rossiyada oʻtkaziladi

© Sputnik / Tabыldы Kadыrbekov"Tinchlik missiyasi" ishtirokchilari
Tinchlik missiyasi ishtirokchilari - Sputnik Oʻzbekiston
21 sentyabr kuni SHHT mamlakatlari bosh shtablari vakillari “Tinchlik missiyasi-2016” antiterroristik oʻquv mashgʻulotlarining yakuniy bosqichida ishtirok etadilar.

TOSHKENT, 20 sen — Sputnik. SHHT mamlakatlarining navbatdagi “Tinchlik missiyasi” oʻquv mashgʻulotlari 2018 yilda Rossiyada boʻlib oʻtadi, dedi Rossiya harbiy kuchlari bosh shtabi rahbari oʻrinbosari Sergey Istrakov, RIA Novostiga asosan.

"Shanxay Hamkorlik Tashkiloti mamlakatlari bosh shtablari rahbarlarining yigʻilishida navbatdagi yigʻilish hamda “Tinchlik missiyasi” oʻquv mashgʻulotlarini 2018 yilda Rossiya Federatsiyasida oʻtkazishga qaror qilindi", — dedi Istrakov.

SHHT oʻquv-mashgʻulotida 300dan ortiq harbiy texnika qatnashmoqda - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
"Tinchlik missiyasi 2016"da 300 jangovar texnika qatnashmoqda

Uning soʻzlariga koʻra, SHHT hududiy antiterroristik tizimi faoliyati masalalari koʻrib chiqilgan, hududdagi harbiy siyosiy vaziyat hamda terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurash chora-tadbirlari muhokama qilingan.

Yigʻilish soʻngida SHHT hududida xavfsizlikni taʼminlash masalalari boʻyicha tomonlarning pozitsiyalariga mos keluvchi yakuniy protokol imzolangan.

21 sentyabr kuni SHHT mamlakatlari bosh shtablari vakillari “Tinchlik missiyasi-2016” antiterroristik oʻquv mashgʻulotlarining yakuniy bosqichida ishtirok etadilar.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala