Jamiyat

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston delegatsiyalari chegarani koʻzdan kechirishdi

© Sputnik / Yevgeniy Yepanchintsev / Fotobankka oʻtishChegara nazorat punkti
Chegara nazorat punkti - Sputnik Oʻzbekiston
Tashqi ishlar vazirligi xabariga koʻra ushbu tekshirish mavjud boʻlgan kelishmovchiliklarga oʻzaro qabul qilish mumkin boʻlgan yechim topish maqsadida amalga oshirilmoqda.

TOSHKENT, 20 sen — Sputnik. Oʻzbekiston va Qirgʻiziston davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish delegatsiyalari ikki mamlakat orasidagi chegaraning 23 qismini koʻzdan kechirib  chiqishdi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston TIV matbuot xizmati.

Tashqi ishlar vazirligi oldin oʻzbek-qirgʻiz chegarasini tekshirish mavjud boʻlgan kelishmovchiliklarga oʻzaro qabul qilish mumkin boʻlgan yechim topish maqsadida amalga oshirilayotgani haqida xabar bergan edi.

"2016 yilning 14-20 sentyabr kunlari Jalolobod va Oʻsh shaharlarida kelishilgan tartibda Oʻzbekiston va Qirgʻiziston davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish delegatsiyalari ishchi guruhlarning uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Delegatsiyalar birgalikda ikki mamlakat orasidagi davlat chegarasining 23 boʻlagida dala tadqiqotlari oʻtkazishdi”, — deyilgan TIV xabarida.

Matbuot xizmatiga koʻra, oʻtkazilgan tekshiruvlar natijasiga koʻra protokol imzolandi.

Chegarachilar xizmatda - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
MXX chegara qoʻshinlari iyulda 129 chegarabuzarni qoʻlga oldi

Sobiq SSSR tarqalib ketganidan keyin Oʻzbekiston va Qirgʻiziston orasidagi chegaraning ¼ qismi delimitatsiya qilinmasdan qolgan. Ushbu sabab chegarada doimiy ravishda mojarolar kelib chiqishiga olib kelmoqda. Oxirgi uch yil davomida chegaraning ushbu boʻlagida qurol ishlatilgan oʻnlab koʻngilsiz hodisalar yuz berdi.

2015 yilda Qirgʻiziston YEOIIga aʼzo boʻlganidan keyin ushbu davlat chegarasi Rossiya, Qozogʻiston, Belorussiya, Armaniston va Qirgʻiziston aʼzo boʻlgan ushbu ittifoqning janubiy qirgʻogʻiga aylangan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala