Hodisalar

Suriyada gumanitar yordam karvoni oʻqqa tutildi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Fotobankka oʻtishXoms shahri
Xoms shahri - Sputnik Oʻzbekiston
Ilgariroq BMT matbuot xizmati Halab va Xoms viloyatlaridagi 160 ming aholi uchun gumanitar yordam joʻnatganligini maʼlum qilgandi.

TOSHKENT, 20 sen – Sputnik. BMT Rossiya va AQShga Halabda gumanitar yordam karvoni oʻqqa tutilganini maʼlum qildi va surishtiruv ishlari oʻtkazilishini kutmoqda, dedi RIA Novostiga gumanitar masalalarni koordinatsiya qilish boshqarmasi matbuot kotibi Yens Lerke.

"Hamraislar butun vaziyatdan xabardor. Biz qanday hol yuz berganini aniqlashga urinmoqdamiz. Bunday qurolga ega barcha taraflarga taʼsir koʻrsata oladigan hamraislar xabardor qilindi", — dedi u.

Lerke "dalil toʻplash uchun tergov oʻtkazish zarurligini” taʼkidladi.

"Vaziyat siyosiy jihatdan juda qaltis va sodir boʻlgan hol uchun u yoki bu tomonni ayblash oson. Lekin bu juda xavfli va avvalo dalillarni aniqlash zarur", — dedi Lerke.

Ilgariroq BMT matbuot xizmati Halab va Xoms viloyatlaridagi 160 ming aholi uchun gumanitar yordam joʻnatganligini maʼlum qilgandi. BMT gumanitar yordam karvoni Halab shimoli-gʻarbidagi Urum-al Kubro tumanida oʻqqa tutilgan. BMTning maʼlumotiga koʻra, 31ta yuk mashinasidan 18tasi oʻqqa duch kelgan. Xalqaro Qizil xoch jamiyati hujum natijasida bir nafar koʻngilli va bir nechta tinch aholi halok boʻlganini tasdiqladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala