Toshkent-Qarshi yoʻnalishidagi tezyurar poyezdlarning koʻplab reyslari bekor qilindi

© Michał Huniewicz"Afrosiyob" elektropoyezdi
Afrosiyob elektropoyezdi - Sputnik Oʻzbekiston
Xabarda poyezdlar qatnovi texnik sabablarga koʻra bekor qilinishi bildirilgan.

TOSHKENT, 20 sen – Sputnik. “Toshkent-Qarshi-Toshkent” yoʻnalishida qatnovchi “Nasaf” tezyurar poyezdi va yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdining sentyabr-noyabr oylaridagi qator reyslari bekor qilindi. Bu haqda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning saytida xabar qilinmoqda.

“Toshkent-Qarshi-Toshkent” yoʻnalishida harakatlanuvchi 8/7 sonli «Nasaf» tezyurar poyezdi,  “Toshkent-Qarshi-Toshkent” yoʻnalishi boʻyicha harakatlanuvchi 760/759 sonli “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdining qatnovi 20,21,22,27,28,29 sentyabr, 4,5,6,17,18,19,20,24,25,26,27,31 oktyabr va 1,2,3 noyabr kunlarida vaqtincha bekor qilinadi”, deyiladi saytda chop etilgan xabarda.

Xabarda poyezdlar qatnovi texnik sabablarga koʻra bekor qilinishi bildirilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala