Shavkat Mirziyoyev Yunusobod metrosini qurib bitkazishni buyurdi

© WikipediaToshkent metropoliteni
Toshkent metropoliteni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mirziyoyev taaluqli vazirlik va muassasalar rahbarlariga yaqin orada Yunusobod yo‘lining qurilayotgan Fayzulla Xo‘jayev va Yunusobod bekatlarini qurib bitkazishni buyurdi.

TOShKENT, 20 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev poytaxt ma’muriyati va taaluqli muassasalarga Yunusobod yo‘lining qurilayotgan ikki bekatini yakunlash haqida topshiriq berdi, deb xabar qilishdi Toshkent hokimiyatida.

Ushbu ikki bekatni qurib bitkazish haqidagi gaplar oxirgi 15-yil davomida muhokama qilib kelinmoqda. Oxirgi yillarda bir necha mansabdor shaxslar Toshkent loyihalashtirish institutlari ushbu bekatlarning batafsil loyihalarini ishlab chiqa boshladi deb xabar berishgan edi.

Hokimiyat xabariga ko‘ra Mirziyoyev, taaluqli vazirlik va muassasalar rahbarlariga Yunusobod yo‘lining Fayzulla Xo‘jayev va Yunusobod bekatlarini qurib bitkazishni va metroning boshqa yer osti va yer usti bekatlarini loyihalashtirishni topshirgan.  

Toshkent metrosining Yunusobod yo‘li qurilishi 1988-yilda boshlangan bo‘lib, 2001-yilning sentabrida qurilish ishlari yakunlangan edi. Metroning ushbu yo‘nalishi loyihalashtirish va qurishda juda murakkab bo‘lib chiqdi, chunki metro tuneli va bekatlari joylashgan joylar kanallar va Bo‘zsu ko‘li ostiga to‘g‘ri keldi. Undan tashqari metro qurilishiga o‘tgan ko‘plab injener kommunikatsiyalar ham xalal berdi.

Bugungi kunda ushbu metro yo‘nalishining asosiy muammosi uning Yunusobodning aholi gavjum yashaydigan mavzelarigacha yetib kelmagani bo‘ldi. Shuning uchun ham yo‘lovchilarning ko‘p qismi yo undan umuman foydalanmaydi yoki faqat tranzit maqsadlarda foydalanadi.

Metro yo‘nalishini aholi ko‘p yashaydigan mavzelargacha yetkizish – shahar avto transportini ancha yengillashtirish imkonini bergan bo‘lar edi va asosiysi – metropolitenning rentabelligini sezilarli darajada oshirgan bo‘lar edi.

Yangiliklar lentasi
0