Mirzo Ulugʻbek tumani hokimi va IIB boshligʻi ishdan boʻshatildi

Ilgariroq Shavkat Mirziyoyev poytaxt maʼmuriyati va tegishli muassasalarga Yunusobod yoʻlining qurilayotgan ikki bekatini yakunlash haqida topshiriq bergani aytilgandi.

TOSHKENT, 20 sen – Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev Yunusobod tumani hokimligida Toshkent shahri va tumanlari hokimliklari, boshqa mutasaddi idoralar rahbarlari va faollari ishtirokida oʻtkazgan yigʻilishida Mirzo Ulugʻbek tumani hokimi va ichki ishlar boshqarmasi boshligʻini lavozimidan ozod etdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi saytida xabar qilinmoqda.

“Ish faoliyatida muntazam qoloqlik va jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻygani uchun Mirzo Ulugʻbek tumani hokimi Shomansur Ahmedov hamda Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi Saidakbar Poʻlatov egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Tumanning bir qator mutasaddi idoralari rahbarlari — prokuror Timur Normuhammedov, davlat soliq inspektsiyasi rahbari Abdurauf Karimov jiddiy ogohlantirildi”, — deyiladi xabarda.

Ilgariroq Shavkat Mirziyoyev poytaxt maʼmuriyati va tegishli muassasalarga Yunusobod yoʻlining qurilayotgan ikki bekatini yakunlash haqida topshiriq bergani aytilgandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala