Ramzan Qodirov Checheniston rahbarligiga saylandi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishRamzan Qodirov
Ramzan Qodirov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Respublika saylov komissiyasining dastlabki ma’lumotlariga qaraganda, saylovda qatnashganlarning 97,94%i Qodirov nomzodi uchun ovoz bergan.

TOShKENT, 21 sen – Sputnik. Ramzan Qodirov Checheniston rahbarligiga saylandi, deb xabar beradi RIA Novosti.

Yakshanba kuni Chechenistonda bo‘lib o‘tgan yagona ovoz berish kunida 13-yil ichida ilk bor hudud rahbarligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylovlar bo‘lib o‘tdi. Respublikani 10-yildan buyon boshqarayotgan rahbar vazifasini bajaruvchi Ramzan Qodirov uchun bu saylovlar uning siyosiy hayotidagi birinchi saylov bo‘ldi.

Ramzan Qodirov - Sputnik O‘zbekiston
Ramzan Qodirov tadbirga qo‘lida qilich va nayza bilan keldi

Respublika saylov komissiyasining dastlabki ma’lumotlariga qaraganda, saylovda qatnashganlarning 97,94%i Qodirov nomzodi uchun ovoz bergan.

Ramzan Qodirovni birinchilardan bo‘lib Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov tabrikladi. "Hududda tinchlik va ahillik, barqarorlik o‘rnatishdagi shaxsiy hissangizni e’tirof etish joiz. Sizning boy hayotiy va kasbiy tajribangiz shijoat va intiluvchanligingiz bilan uyg‘unlikda Chechen Respublikasining yanada gullab-yashnashiga, ijtimoiy yo‘naltirilgan loyihalarning amalga oshishi va aholining turmush darajasi oshishiga ko‘mak beradi", — deyiladi vazirning tabrik telegrammasida.

Yangiliklar lentasi
0