Rossiyadan O‘zbekistonga pul jo‘natmalari hajmi qisqardi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishBank ishi
Bank ishi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Joriy yilning ikkinchi choragida O‘zbekistonga 696 mln dollar jo‘natilgan, bunda bir jo‘natmada o‘rtacha 273 dollar jo‘natilgan.

TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Rossiyadan Markaziy Osiyo davlatlariga pul o‘tkazish tizimlari orqali pul jo‘natmalari hajmi 2016-yilning ikkinchi choragida yilning birinchi choragiga nisbatan 563 mln dollarga oshdi va 2,438 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Markaziy bankida ma’lumot berilgan.

Ma’lumotga ko‘ra, joriy yilning ikkinchi choragida O‘zbekistonga 696 mln dollar jo‘natilgan, bunda bir jo‘natmada o‘rtacha 273 dollar jo‘natilgan. Tojikistonga 495 mln dollar (o‘rtacha — 99 dollar), Qirg‘izistonga — 487 mln dollar (o‘rtacha — 233 dollar), Qozog‘istonga — 151 mln dollar (o‘rtacha — 225 dollar), Turkmanistonga — 3 mln dollar (o‘rtacha — 392 dollar) jo‘natilgan.

Yanvar oyidan iyunga qadar esa O‘zbekistonga 952 mln dollar (o‘tgan yilning shu davrida — 1,149 mlrd), Tojikistonga — 598 mln dollar (o‘tgan yilning shu davrida — 696 mln), Qirg‘izistonga — 637 mln dollar (o‘tgan yilning shu davrida — 570 mln), Qozog‘istonga — 203 mln dollar (o‘tgan yilning shu davrida — 148 mln), Turkmanistonga — 5 mln dollar(o‘tgan yilning shu davrida — 8 mln) jo‘natilgan.

Yangiliklar lentasi
0