Artur Taymazov Rossiya Davlat Dumasi deputati etib saylandi

© MARWAN NAAMANI / AFPO‘zbekistonning eng ko‘p mukofot olgan sportchisi
O‘zbekistonning eng ko‘p mukofot olgan sportchisi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston termasi safida 3 karra Olimpiada chempioni hisoblangan Artur Taymazov Rossiya parlamenti quyi palatasi deputatligiga o‘tkazilgan saylovlarda katta tafovut bilan g‘alaba qozondi. Bu haqda sportchining rasmiy saytida xabar qilingan.

TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston termasi safida 3 karra Olimpiada chempioni hisoblangan Artur Taymazov Shimoliy Osetiya respublikasi bir mandatli saylov okrugida Rossiyaning "Yedinaya partiya"sidan Artur Taymazov yetakchilik qilmoqda, deb xabar tarqatgan Rossiya OAVlari.

Taymazovning rasmiy saytida esa "Viloyat saylov komissiyasi majlisida Artur Taymazovga Rossiya Davlat Dumasining yettinchi chaqirig‘i majlisiga deputati guvohnomasi topshirildi", deyilgan.

Artur Taymazov O‘zbekistonning eng nomdor sportchisi - Sputnik O‘zbekiston
Kurashchi Artur Taymazov Rossiya Dumasi deputati bo‘lish istagini bildirdi
Shimoliy Osetiya Markaziy saylov komisiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, Artur Taymazov 281 186 ovoz to‘plagan. Ikkinchi o‘rinni egallagan Gariya Kuchiyevaga 19 623 kishi ovoz bergan.

Ma’lumot uchun, 4 karra Olimpiada ishtirokchisi Artur Taymazov 2000-yilgi Sidney Olimpiadasida kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2004, 2008 va 2012-yilgi Olimpiadalarda oltin medal egasiga aylangan.

Sportchi Osiyo o‘yinlarining uch karra g‘olibi ham hisoblanadi. 2002, 2006 va 2010-yilgi turnirda unga teng keladigan sportchi topilmagan. Jahon Chempionatlarida Taymazovga ikki marta oltin, ikki marta kumush va 1-marta bronza medali nasib qilgan.

Yangiliklar lentasi
0