Jamiyat

Mudhish jinoyat: fargʻonalik erkak Rossiyadan qaytgan xotini va oʻgʻlini chopib tashladi

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Fargʻonadagi Quvasoy shahrida yashovchi I. ismli erkak yaqinda Rossiyadan qaytgan xotini va toʻyiga uch kun qolgan kenja oʻgʻlini chopib, oʻz jinoyatini yashirish maqsadida, uyiga oʻt qoʻygan, deya xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston nashriga hodisadan yaxshi xabardor boʻlgan manba.

TOSHKENT, 21 sen — Sputnik. Bu mudhish jinoyat butun Fargʻona ahlini larzaga solgan.

"I. ismli erkak oʻz xotini va kenja oʻgʻlini chopib tashlab, soʻngra ularni molxonaga koʻmgan va butun uyga oʻt qoʻygan. Ehtimol u shu orqali oʻz jinoyatini yashirmoqchi boʻlgan", — deb xabar qildi voqeaga guvoh manba Sputnik Oʻzbekiston nashriga.

Manbaning soʻzlariga qaraganda, marhuma oʻz oʻgʻli bilan yaqinda Rossiyadan qaytgan.

"Rossiyaga ketgunlariga qadar kelishmovchiliklar tufayli er-xotin alohida yashay boshlashgan edi. Oradan bir qancha vaqt oʻtib ayol kenja oʻgʻlini olgancha Rossiyaga ishlashga joʻnab ketdi. Patent narxi koʻtarilgach, ayol yana ortga qaytdi. Eri bilan yarashib birga yashay boshlagan edi. Hatto kenja oʻgʻliga non sindirib, kelin tushirishlariga atigi 3 kun qolgandi, xolos", — deb xabar qildi suhbatdosh.

Manbaning soʻzlariga qaraganda, qotillikda gumon qilinayotgan erkak hibsga olingan, ushbu hodisa yuzasidan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan.

Yangiliklar lentasi
0