Afg‘onistondagi o‘zbek allomalari qabrlari obodonlashtirildi

© AFP 2023 / NICOLAS ASFOURI Boburning Qobuldagi maqbarasi
Boburning Qobuldagi maqbarasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu maqsad uchun maxsus tashkil Bobur xalqaro moliya fondi bugungi kunda bir necha ta’mirlash ishlarini amalga oshirdi. Fond vakillari va ustalar Afg‘oniston hududiga bir necha ekspeditsiyalar uyushtirishdi.

TOShKENT, 22 sen — Sputnik. O‘zbekistonda tashkil qilingan Xalqaro Bobur fondi yaqin ikki yil davomida Afg‘oniston hududidagi mashhur o‘zbek allomalari qabrlarini ta’mirlashni rejalashtirgan, deb xabar qildi fond vakili.

Bugungi kunda Bobur xalqaro fondi tomonidan bir necha shunday loyihalar amalga oshirildi. Ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun haykaltarsh va yetakchi tosh kesuvchi ustalardan biri bo‘lgan usta Tohir Rahimov taklif qilingan. Usta Rahimov tosh kesuvchilar sulolasining sakkizinchi avlodidan bo‘lib, u Navoiy viloyatining G‘ozg‘on qishlog‘ida yashaydi.

 

“Usta Alisher Navoiyning ustozi bo‘lgan, hazrat Lutfiy Xiroviya qabri uchun marmar yodgorlik toshi yasadi. U kishining qabrlari Hirotdan 60km masofada joylashgan Kashti-Kanor qishlog‘ida joylashgan. Usta buyurtmani bergilangan vaqtda va yuqori sifatda amalga oshirdi. Shuningdek mahalliy aholi G‘ozg‘on marmarining yuqori sifatini qayd qilishdi”, — dedi fond vakili.

O‘tgan yili yana bir  yirik loyiha amalga oshirilgan edi – Alisher Navoiy maqbarasi uchun sag‘ana va eshik yasalgan edi. Raximov buyuk o‘zbek shoiri qabrini ta’mirlashda shaxsan qatnashishi uchun Afg‘onistonga  yo‘l olgan edi. Ta’mirlash davomida O‘zbekistondan olib kelingan 1150 dona ko‘chatlar ham ekilgan edi.

Bu yil ham Bobur fondi delegatsiyasi va ustalar yana bir bor Afg‘onistonda bo‘lishdi. Guruh oldida Alisher Navoiy bog‘i yaratish, Karux shahrida joylashgan Said Muhammad Xudoyorxon  qabriga yodgorlik o‘rnatildi. Ekspeditsiya tomonidan Kamoliddin Behzod qabri ustida ham, Andijonlik ustalar tomonidan tayorlangan ayvon o‘rnatilib, qabr atrofida Andijondan olib kelingan 2000 tup daraxt va 400 dona gul ekildi.

 

Yangiliklar lentasi
0