Quvaytda O‘zbekiston Prezidenti saylovlariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi

© MUHAMMADSHARIF MAMATKULOV / AFP Saylov jarayoni
Saylov jarayoni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning Quvaytdagi elchixonasida O‘zbekiston Prezidenti saylovlariga bag‘ishlangan davra suhbatida ushbu davlatning siyosiy, iqtisodiy, akademik davralari va ommaviy axborot vositalari hamda mamlakatda akkreditatsiya qilingan diplomatik korpus vakillari qatnashdilar.

TOShKENT, 22 sen – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasining Quvayt davlatidagi elchixonasida O‘zbekiston Prezidenti saylovlariga bag‘ishlangan “davra stoli” bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Quvayt siyosiy, iqtisodiy, akademik davralari va ommaviy axborot vositalari hamda mamlakatda akkreditatsiya qilingan diplomatik korpus vakillari ishtirok etdilar, deb xabar beradi “Jahon” axborot agentligi.

Brifing qatnashchilari O‘zbekistonda Prezident saylovini o‘tkazish bo‘yicha saylovoldi kampaniyasi boshlanganligi, saylov qonunchiligi, respublikaning mustaqillik yillarida demokratik va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdagi yutuqlari, fuqarolik jamiyati institutlarining rivojlanish jarayoni bilan tanishdilar.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar.

Jumladan, Quvayt axborot vazirligining huquqiy masalalar bo‘yicha davlat kotibi yordamchisi Xaila al-Mekaimiyning aytishicha, u O‘zbekistonda ilk bor 2001-yilda bo‘lgan va mustaqillik yillarida respublikada barcha jabhalarda amalga oshirilayotgan ishlardan hayratda qolgan.

“O‘zbekistonning iqtisodiy muvaffaqiyatlari yuqori bahoga loyiq. Siyosatshunos sifatida aytishim mumkinki, mustaqillikning ilk kunlaridanoq O‘zbekistonda huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyati barpo etishga qaratilgan demokratik islohotlar amalga oshirilmoqda, mamlakatda kuchli siyosiy tizim shakllangan”, deydi u.

Jurnalistlar - Sputnik O‘zbekiston
Markaziy saylov komissiyasi bir qator OAVlar bilan saylovni yoritish bo‘yicha bitimlar imzoladi

“Hozirda O‘zbekistonda xalqaro standartlarga to‘la javob beruvchi samarali saylov tizimi yaratilgan, siyosiy partiyalarning keng tarzda ijtimoiy-siyosiy faoliyat olib borishlari uchun sharoit yaratuvchi huquqiy bazaga asos solingan. Saylovlar ko‘ppartiyaviylik asosida o‘tkaziladi. Bu esa fuqarolarning siyosiy va ijtimoiy faolligini oshiradi, aholining o‘z fikr va qarashlarini erkin ifodalashlari uchun xizmat qiladi. Bularning barchasi O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov nomi bilan chambarchas bog‘liq.

4 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan Prezident saylovlari xalqaro meyorlarga mos holda yuqori darajada tashkillashtirilishi va bo‘lib o‘tishiga shubha yo‘q”, deb yakunlaydi o‘z so‘zlarini al-Mekaimiy.

Quvayt universiteti professori, davlat va konstitutsion huquq bo‘yicha mutaxassis Muhammad al-Filiy esa  mamlakatda birinchi Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan 2005-yilda ikki palatali parlament tuzilishini O‘zbekistonning demokratik taraqqiyotdagi muhim yutuqlaridan biri sifatida baholaydi.

“Shuni alohida ta’kidlamoqchimanki, O‘zbekiston milliy saylov tizimi umume’tirof etilgan xalqaro meyor va standartlarga muvofiq ravishda shakllangan. 4-dekabr kuni Prezident saylovlari bo‘lib o‘tishi munosabati bilan mamlakatda saylovoldi kampaniyasi bsholangan. Siyosiy partiyalar mamlakat rahbarligiga o‘z nomzodlarini ko‘rsatishdi. Eng asosiysi, ushbu jarayon shaffoflik asosida o‘tmoqda, bo‘lajak muhim siyosiy jarayon haqida saylovchilar orasida axborot-targ‘ibot ishlari olib borilmoqda”, deydi u.

Yangiliklar lentasi
0