Domkom tiriklayin ko‘mgan it qutqarib qolindi

© "Novosti Uzbekistana"Yashnaobodda tiriklay ko‘milgan it qutqarib qolindi
Yashnaobodda tiriklay ko‘milgan it qutqarib qolindi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hayvonlarni himoya qiluvchi ko‘ngillilar guruhi vakillari Yashnoobod tumanida beton plita ostiga ko‘mib tashlangan itni vaqtida qutqarib qolishdi.

TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Hafta boshida Facebookdagi hayvonlarni himoya qilish ko‘ngillir guruhida Tuzel dahasida tiriklayin ko‘milgan it haqida xabar paydo bo‘ldi, deb xabar qilmoqda "Novosti Uzbekistana" sayti.

Voqeadan xabar topgan ko‘ngillilar u yerga yetib kelib. Beton plita, g‘isht va barglar ostidan bechora itni qutqarib qolishgan. Mahalla aholisi xabariga ko‘ra, itni bu yerga mahalla domkomi bo‘lib ishlaydigan bir ayol ko‘mib tashlagan ekan. Shunday yo‘l bilan u ko‘cha itlari ko‘payishi oldini olayotgan emish.

“Men u yerga yaqin joyda edim, voqea haqida eshitib dahol o‘sha yerga bordim. Biz yetib kelganda, uy balkoni ostida axlat va barglar bilan ko‘milgan beton plita bor ekan. Biz axlat uyumini chetga surib beton plita ostidagi chuqurda uvvilab o‘tirgan itni chiqarib oldik”, — deb hikoya qilib berdi hayvonlar himoyachisi Alena.

Ko‘ngillilar aytishiga qaraganda, domkom ayol shu vaqt himoyachilar yonida bo‘lib, “bu yerda hech qanday it yo‘q” deb qayta-qayta aytib turgan ekan. Qo‘shni bolalar aytishiga qaraganda ushbu itning bolalari ham bo‘lgan, lekin ularni bir necha kun oldin axlatxonaga tashlab yuborilgan ekan.

© http://nuz.uzTiriklayin ko‘milgan it qutqarib qolindi
Tiriklayin ko‘milgan it qutqarib qolindi - Sputnik O‘zbekiston
Tiriklayin ko‘milgan it qutqarib qolindi

“Biz misli ko‘rilmagan shafqatsizlikka duch keldik. U it ko‘cha iti bo‘lsada, lekin hecham qopag‘on emas, juda samimiy va mehribon. Nima uchun unga nisbatan bunday munosabatda bo‘lishganini biz tushuna olmadik", — deydi Uysiz hayvonlarni qutqarish jamiyati vakili.

Ko‘ngillilar unga Jessika deb nom berishdi, hozir u xavfsiz joyda. Yangi ega topilmaguncha u o‘sha yerda bo‘lib turadi.

Ushbu itga yordam berishni istagan barcha Facebookdagi OSBJ “Uysiz hayvonlarni qutqarish jamiyati”ga murojaat qilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0