"Admiral Kuznetsov" O‘rta yer dengiziga yo‘l oldi

© Sputnik / Oleg Lastochkin / Mediabankka o‘tish"Admiral Kuznetsov" aviatashuvchisi
Admiral Kuznetsov aviatashuvchisi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu Rossiya aviatashuvchisi uchun birinchi jangovar chiqish bo‘ladi. Shuningdek «Admiral Kuznetsov” palubasida joylashtirilgan eng yangi “MiG-29Ka” qiruvchi samolyotlari ham dastlabki jangovor parvozlarni amalga oshirishadi.

TOShKENT, 22 sen — Sputnik. "Admiral Kuznetsov" aviatashuvchisi, to‘la qurollangan holda O‘rta yer dengizi tomon uzoq safarga otlandi, dedi Rossiya Harbiy Dengiz floti  dengiz aviatsiyasi boshlig‘i mayor Igor Kojin RIA Novostiga.

Biroz oldin Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu, “Admiral Kuznetsov” ushbu kuzda Rossiyaning O‘rta yer dengizidagi operativ guruhi tarkibiga qo‘shilishini xabar qilgan edi.

“Mudofaa vaziri tomonidan belgilangan barcha samolyot va vertolot turlari ushbu kemada joylashgan bo‘ladi”, — dedi Kojin, jurnalistlarning aviatashuvchi bortida eng yangi “MiG-29Ka” qiruvchi samolyotlari va Ka-52Ka, va Ka-29Ka vertolotlari joylashtiriladimi, degan savoliga javoban.

“Admiral Kuznetsov” palubasida odatda Su-33 va Su-25 samolyotlari hamda Ka-27 va Ka 29 vertolotlari joylashtiriladi. Ushbu safarga aviatashuvchi birinchi “MiG-29Ka” qiruvchilarini olib chiqmoqda.

“Admiral Kuznetsov” palubasi uzunligi – 306m, eni – 75 m, suv sig‘imi – 60 ming tonna. Suzuvchi aerodrom 15 ming km masofaga suzishi mumkin. Uning tezligi soatiga 29 dengiz mili (54km)ni tashkil qiladi. Kema ekipaji — 1 960 kishi, ulardan 518 ofitser va 210 michman.

Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, “Admiral Kuznetsov” Xmeymimdagi Rossiya harbiy bazasi va O‘rta yer dengizidagi Rossiya harbiy flotidan iborat harbiy guruhni kuchaytirishga xizmat qiladi. Aviatashuvchidan Suriya hududida joylashib olgan ID jangarilarga zarba berishda foydalaniladi.

Eslatib o‘tamiz, bu Rossiya aviatashuvchisi uchun birinchi jangovar chiqish bo‘ladi. Shuningdek «Admiral Kuznetsov» palubasida joylashtirilgan eng yangi “MiG-29Ka” qiruvchi samolyotlari ham dastlabki jangovor parvozlarni  amalga oshirishadi.

AQShning Foreign Policy jurnali yozishiga qaraganda, «Admiral Kuznetsov»ning jangovor operatsiyada qatnashishi  Rossiyaga o‘zining yangi paluba qiruvchilarini bo‘lajak xaridorlarga namoyish qilishi uchun, yaxshi imkoniyat yaratadi. Kelajakda Hindiston ana shunday xaridorlardan biriga aylanishi mumkin.

Biroz oldin, yaqin vaqt ichida AQSh o‘zining Yevropadagi harbiy bazalarida yangi turdagi atom bombalarini joylashtirishi haqida xabar tarqatilgan edi. To‘la qurollangan “Admiral Kuznetsov”ning O‘rta yer dengizida paydo bo‘lishi, AQShning ushbu harakatiga Rossiya bergan javobi bo‘lishi ham mumkin.

 

Yangiliklar lentasi
0