Mashhur produser Barak Obamaning shimini yechishga harakat qildi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishAQSh prezidenti Barak Obama
AQSh prezidenti Barak Obama - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amerikalik rejissor va produser Mel Bruks san’at rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun Barak Obamadan mukofotni qabul qilib olayotib, uning shimini yechishga harakat qildi. Albatta, hazil tariqasida.

TOShKENT, 23 sen — Sputnik. 2015-yil san’at sohasiga hissa qo‘shganlarni taqdirlash tadbiri Vashingtondagi Oq Uyda bo‘lib o‘tdi, deya xabar bergan RIA Novosti.

Obama rejissorning bo‘yniga medalni taqib qo‘ygach, Bruks go‘yoki uning shimini yechib olishga shaylangandek harakat qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Mel Bruks — amerikalik mashhur kinorejissor, produser va aktor. U o‘zining kinoparodiyalari va film-farslari orqali yulduzlik shohsupasiga ko‘tarilgan. 1999-yilda o‘zining ilk rejissorlik ishi — "Produserlar" filmi ssenariysi uchun "Oskar" mukofotiga loyiq topilgan. Bruksning eng mashhur kartinalari orasida "Yosh Frankenshteyn", "Fazoviy tuxumlar" ("Kosmicheskie yaysa"); "Robin Gud: triko kiygan erkaklar"ni sanab o‘tish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0