Andijondan olib qochilgan "Lasetti" Farg‘onada to‘xtatildi

© Sputnik / Igor Russak / Mediabankka o‘tishAvtomashina
Avtomashina - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jinoyatni sodir etishda gumonlanuvchi shaxs Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida yashovchi 21 yoshli fuqaro bo‘lib chiqdi.

TOShKENT, 23 sen – Sputnik. Andijon shahar IIB navbatchilik qismiga shu shaharda yashovchi fuqaro ariza bilan murojaat qilib, o‘zining "Lasetti" rusumli avtomobili olib qochib ketilgani haqida xabar qildi, deyiladi O‘zbekiston Respublikasi IIV matbuot markazi xabarida.

Voqea joyiga yetib kelgan ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan aniqlanishicha, mashina egasi avtomobilini B.Rahimov ko‘chasidagi savdo do‘koni oldida qarovsiz qoldirganligi oqibatida olib qochib ketilganligi ma’lum bo‘lgan.

"Tezkorlik bilan olib borilgan chora-tadbirlar natijasida olib qochilgan avtomashina Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida to‘xtatildi. Jinoyatni sodir etishda gumonlanuvchi shaxs Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida yashovchi 21 yoshli fuqaro bo‘lib chiqdi", deyiladi xabarda.

Mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0