Mirziyoyev "O‘zbekenergo" rahbari etib Fazlitdin Salomovni tayinladi

© Sputnik / Sergey Malgavko / Mediabankka o‘tishElektro‘tkazgich liniyalari
Elektro‘tkazgich liniyalari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tashkilot xabariga ko‘ra, 2012-yildan beri Respublika energetika kompaniyasini boshqarib kelayotgan sobiq rahbar Iskandar Basidov "sog‘ligi holati" tufayli o‘z lavozimidan ozod etilgan.

TOShKENT, 23 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti v.b., Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev qaroriga muvofiq Fazlitdin Salomov "O‘zbekenergo" AJ boshqaruv raisi etib tayinlangan.

"Farmon kuni kecha imzolangan, Salomov bugun "O‘zbekenergo" apparati xodimlariga tanishtirildi", — deb ta’kidladi agentlikka suhbatdosh.

Elektr tarmog‘i - Sputnik O‘zbekiston
"O‘zbekenergo" rahbari lavozimidan bo‘shatildi
Fazlitdin Salomov 2014-yildan O‘zbekiston hisob palatasida bosh inspektor vazifasida ishlagan, unga qadar Respublika Mudofaa vazirining moliyaviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

"O‘zbekenergo" xabariga ko‘ra, 2012-yildan beri Respublika energetika kompaniyasini boshqarib kelayotgan sobiq rahbar Iskandar Basidov "sog‘ligi holati" tufayli o‘z lavozimidan ozod etilgan.

OAVda chop etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniyaning yangi raisi oldiga kompaniyaning debitorlik qarzlari hamda kuz-qish mavsumida elektrenergiyasi bilan ta’minlash bilan bog‘liq to‘xtashlarni bartaraf etish masalalarini haletish vazifasi qo‘yilgan.

Yangiliklar lentasi
0