Ekspert: Afg‘onistonda narkotrafikning o‘sgani haqidagi xabar yolg‘on

© Iz lichnogo arxiva avtoraEkspert Aleksandr Knyazev
Ekspert Aleksandr Knyazev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Keyingi kunlarda o‘zbek-afg‘on chegarasida giyohvand moddalar olib o‘tilishi ko‘paygani haqida tez-tez xabar tarqalmoqda.

TOShKENT, 23 sen — Sputnik, Mariya Sheludakova. Sputnik muxbiri narkokuryerlarning faollashishiga qanday omillar sabab bo‘lishi mumkinligi haqida bilish uchun Markaziy Osiyo bo‘yicha ekspertga murojaat qildi. Afg‘oniston bilan chegarada narkotrafikning kuchaygani haqidagi xabarlarning tarqalishi eng avvalo O‘zbekistondagi hokimiyat almashinuvi jarayoni bilan bog‘liq, dedi siyosatshunos Aleksandr Knyazev.

Ekspertning fikricha, birinchi Prezident Islom Karimovning vafotidan keyin O‘zbekistonda "noodatiy jarayonlar" yuz berayotganini ko‘rsatish istagidagi "tashqi kuchlar" ko‘paydi. Bunday xabarlarni jiddiy qabul qilmaslik lozim, dedi u respublikaning geografik joylashuviga ishora qilib.

Afg‘on-o‘zbek chegarasida Amudaryoning eng keng qismi joylashgan. Daroning kengligi ayrim joylarda 1,5 kilometrni tashkil etadi. Bundan tashqari, sovet davridan boshlab O‘zbekiston tomonida jiddiy muhandislik inshootlari, sohil bo‘ylab to‘liq minalashtirilgan joylar  mavjud. Yagona o‘tish punkti Do‘stlik ko‘prigi bo‘lib, bu yerda bojxona-chegara nazorati o‘rnatilgan.

Giyohvand modda - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek maxsus xizmatlari afunfurushni qo‘lga tushirishdi

"Bu ochiq-oydin yolg‘on axborot. Statistika bo‘yicha Afg‘onistonda ishlab chiqarilgan giyohvandlik moddalarining 80 %dan ortig‘i Tojikiston yoki kamroq miqdorda Turkmaniston tomondan o‘tadi, Afg‘onistondan emas, — dedi Knyazev. — Eng muammoli hudud Qirg‘iziston tomon. Chegara xuddi front chizig‘iga o‘xshaydi, giyohvand modda to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib o‘tilishining iloji yo‘q".

Haqiqatan, Afg‘oniston va O‘zbekiston chegarasini himoyalanish jihatidan Shimoliy va Janubiy Koreya o‘rtasidagi chegaraga qiyoslashadi. Giyohvand moddalar oqimi Tojikiston chegarasining sharqiy qismi orqali qirg‘iz hududi bo‘ylab O‘zbekistonga o‘tadi.

Afg‘onistondan o‘tadigan narkotrafik muammosi mana 15-yildirki Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun jiddiy hududiy muammo bo‘lib qolmoqda — jahondagi afunning 90 foizi ushbu mamlakatdan eksport qilinadi.

BMTning giyohvandlik va jinoyatlar bo‘yicha boshqarmasining ma’lumotlariga qaraganda, Afg‘onistondan har yili yetti ming tonnaga yaqin geroin xorijga chiqariladi.

Yangiliklar lentasi
0