Baxtsiz hodisa: Rossiyada O‘zbekiston fuqarosi lift qulashi oqibatida halok bo‘ldi

© NewsTeam / Mediabankka o‘tishTez yordam mashinasi
Tez yordam mashinasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Lift kabinasi pastga qulagan vaqtda uning ichida besh kishi bo‘lgan va ularning barchasi halok bo‘lishgan.

TOShKENT, 23 sen — Sputnik. Moskva shimoliy-g‘arbida lift kabinasining 19-qavatdan qulashi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi RIA Novosti. Baxtsiz hodisa qurilishi olib borilayotgan "Poytaxt yuragi" ("Serdse stolisi") qurilish majmuasida yuz bergan.

Lift kabinasi 19-qavat balandligidan pastga qulagan vaqtda uning ichida besh kishi bo‘lgan va ularning barchasi halok bo‘lishgan.

Moskva shahar qurilish nazorat boshqarmasida ichida quruvchilar bo‘lgan yuk va odam tashuvchi lift qulaganligini ma’lum qilishdi.

"Moskva" agentligi favqulodda xizmatlardagi manbasiga tayangan holda to‘rt nafar Belorussiya va bir nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lganligini ma’lum qildi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergovchilar qurilish obyektiga oid barcha hujjatlarni o‘rganib chiqishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0