O‘zbek yoshlari Astraxandagi xalqaro forumda ishtirok etdi

© Organizatori foruma "SeliAs""SeliAs" forumi
SeliAs forumi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Forum doirasida o‘zbek milliy kiyimlari, musiqa asboblari va O‘zbekiston tarixi hamda madaniyati haqidagi kitoblardan iborat ko‘rgazma ham tashkil etildi.

TOShKENT, 23 sen – Sputnik. Rossiyaning Astraxan shahrida "SeliAs-2016" xalqaro yoshlar forumi nihoyasiga yetdi. An’anaga muvofiq, har yili kuz faslida tashabbuskor yoshlar o‘z loyihalarini taqdim etish, master-klass va ma’ruzalarda ishtirok etish, o‘zaro fikr va tajriba almashish uchun ushbu forumda jam bo‘ladilar.

Astraxandagi "O‘zbekiston" hududiy jamoat tashkilotining yosh vakillari ham forumning barcha: siyosat, turizm, media, madaniyat va iqtisod yo‘nalishlarida faol qatnashdilar. Forumda yoshlarning 16ta loyihasi grantlarga sazovor bo‘ldi. Grantlar miqdori 10 mingdan 100 ming rublgacha miqdorni tashkil etadi. Forum doirasida o‘zbek milliy kiyimlari, musiqa asboblari va O‘zbekiston tarixi hamda madaniyati haqidagi kitoblardan iborat ko‘rgazma ham tashkil etildi.

© Organizatori foruma "SeliAs"Astraxanda bo‘lib o‘tgan "SeliAs" xalqaro yoshlar forumi
Astraxanda bo‘lib o‘tgan SeliAs xalqaro yoshlar forumi - Sputnik O‘zbekiston
Astraxanda bo‘lib o‘tgan "SeliAs" xalqaro yoshlar forumi

"Sizlar yosh, shijoatli, jamiyat uchun foydali yangi g‘oyalarga boysizlar. Biz kattalarning asosiy vazifamiz sizlarning taraqqiyot yo‘nalishingizni aniqlab olishdir. "SeliAs” kabi forumlar sizlarning rivojlanishingizga imkoniyat yaratish maqsadida tashkil etilgan. Biz aqlli, ijodkor, keng fikrlovchi yoshlarni tarbiyalashni maqsad qilganmiz. Sizlar esa oldingizga maqsad qo‘yib olg‘a intilishingiz lozim", — dedi Astraxan gubernatori forum ishtirokchilari bilan uchrashuv chog‘ida.

"O‘zbekiston" hududiy jamoat tashkilotining rahbari Bahodir Aminovning aytishicha,  "SeliAs" iqtidorli o‘zbek yoshlariga o‘z g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlaydigan professionallarni topishga va ularni amalga oshirishlariga imkoniyat beradi.

Forum katta konsert dasturi bilan yakunlandi. Yopilish marosimida "SeliAs" forumining rasmiy madhiyasi premyerasi bo‘lib o‘tdi.

Yangiliklar lentasi
0