Dunyoda

Barak Obama Saudiya Arabistonidan tovon talab qilishni man etdi

© AFP / STAN HONDA11 sentyabrda roʻy bergan terakt
11 sentyabrda roʻy bergan terakt - Sputnik Oʻzbekiston
Sal oldin AQSH kongressi 2001 yil 11 sentyabrdagi teraktlarda qurbon boʻlganlarning oilalariga Saudiya Arabistoni ustidan sudga arz qilish huquqini beruvchi qonunchilik loyihasini qabul qilgan edi. AQSH prezidenti Barak Obama qarori bilan ushbu qonun loyihasi rad etildi.

TOSHKENT, 24 sen — Sputnik. Amerika prezidenti Barak Obama 9/11 dagi teraktlarda qurbon boʻlganlarning oilalariga Saudiya Arabistoni ustidan sudga arz qilish huquqini beruvchi qonun loyihasini batamom rad etdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Saudiya Arabistoni TIV rahbari Adal Al-Jubayra - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Saudiya Arabistoni AQSH iqtisodiyotini sindirib tashlamoqchi
Oq Uy bundan oldin ham ushbu qonunchilik loyihasini qoʻllab-quvvatlamasligini bir necha bor aytgan. "Bunday qonunning qabul qilinishi Saudiya Arabistoni bilan munosabatlarimizga putur yetkazibgina qolmay, balki boshqa mamlakatlar ham shundan soʻng sudga arz qilishni xohlab qolishlariga asos yaratgan boʻlamiz", — deya izohlashgandi Oq uy vakillari oʻz qarorilarini.

AQSH Kongressi vakillari juma kuni 2001 yilning 11 sentyabrida sodir etilgan teraktlarda qurbon boʻlganlarning oilalariga xorij davlatlar fuqarolari va huqumati ustidan sudga arz qilish huquqini beruvchi qonunchilik loyihasini qabul qilgan edilar. Ushbu qonun loyihasi sal oldin AQSH senati tomonidan ham maʼqullangan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala