Jamiyat

Mirziyoyev “Lukoyl” rahbari Alekperov bilan uchrashdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtish"Lukoyl" kompaniyasi zavodi
Lukoyl kompaniyasi zavodi - Sputnik Oʻzbekiston
Kecha Shavkat Mirziyoyev Buxoroda “Lukoyl” rahbari Vagit Alekperov bilan uchrashib, Oʻzbekiston neft va gaz sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.

TOSHKENT, 24 sen — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi va Oʻzbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev shanba kuni Buxoro viloyatiga qilgan tashrifi davomida, “Lukoyl” rahbari Vagit Alekperov bilan Oʻzbekiston neft va gaz sohasidagi hamkorlik istibollarini muhokama qildi, deb xabar qildi “Oʻzbekiston” telekanali.

“Shavkat Mirziyoyev Vagit Alekperov bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvida, Oʻzbekiston neft va  gaz sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi, hamda Qandim gazni qayta ishlash zavodi qurilish surʼatidan qoniqayotganini bildirdi”, — deyilgan telekanal xabarida.

Lukoyl Oʻzbekistonda uch yirik loyihani amalga oshirmoqda: Qandim-Hauzak-Shodi loyihasi, Hissor togʻining janubi-gʻarbidagi konlar va xalqaro konsortsium tarkibida Orol dengizining Oʻzbekiston hududidagi qismida geolgik razvedka ishlari loyihasi.

Birinchi ikki loyiha doirasida “Lukoyl” 2020 yilga qadar 18 mlrd kubometr gaz ishlab chiqishni va sarmoyalar hajmini 8 mlrd dollarga yetkizishni rejalashtirgan.

“Alekperov, “Lukoyl” Oʻzbekiston neft va gaz sanoatidagi sarmoya loyihalari doirasidagi oʻzining barcha majburiyatlarini keng koʻlamda va oʻz vaqtida amalga oshirishini taʼkidladi”, — deyilgan xabarda.

Ushbu yilning aprel oyida Qandim guruhi konlari loyihasi doirasida “Lukoyil” quvvati 8,1 millard kubometr boʻlgan gazni qayta ishlash  zavodi qurilishini boshladi. Zavodning birinichi navbati 2018 yilda ishga tushirilshi rejalashtirilgan. Ushbu loyihaga kiritiladigan sarmoyalar hajmi 3,3 mlrd dollarni tashkil qiladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala