TDTUda o‘zbek-yapon yoshlar innovatsion markazi ochiladi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishLaboratoriya xodimi
Laboratoriya xodimi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yaponiya tomonidan Sukuba, Nagoya, Keyo, universitetlari va Toyoxashi hamda Tokio texnologiya universitetlari markaz hamkori bo‘ladi.

TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Toshkent Davlat texnika universitetida O‘zbek-yapon yoshlar innovatsion markazi tashkil etiladi. O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev 19-sentabr kuni “Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent Davlat texnika universitetida O‘zbek-yapon yoshlar innovatsion markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorga imzo chekdi.

Innovatsiyalar markazini tashkil etish va o‘zaro hamkorlik haqidagi memorandum O‘zbekiston va Yaponiya hukumatlari tomonidan o‘tgan yilning 25-oktabrida imzolangan edi. Yaponiya tomonidan Sukuba, Nagoya, Keyo, universitetlari va Toyoxashi hamda  Tokio texnologiya universitetlari markaz hamkori bo‘ladi.

Markaz yosh olim va talabalar xalqaro talablarga muvofiq ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishning ilg‘or uslub va texnologiyalarini o‘zlashtirishlari, shuningdek, olimlar va yaponiyalik yetuk mutaxassislar ishtirokida iqtisodiyotning tayanch tarmoqlari uchun sifatli mutaxassislar tayyorlash maqsadida tashkil etiladi.

Markaz yosh mutaxassis va talabalarning ilmiy hamda texnik g‘oyalarini sanoat, uskunalar, texnologik jarayonlarga tatbiq etishga yordam berishi lozim. Bu yerda shuningdek, mamlakat va xorij tashkilotlari, ilmiy va ma’rifiy sohalar buyurtmalari asosida hamkorlikdagi tajribaviy va amaliy ilmiy tadqiqotlar o‘tkaziladi.

Quyosh nuri yordamida suv isitish kollektori ishlab chiqarish - Sputnik O‘zbekiston
“O‘zbekenergo”da yangi Ilmiy-texnik markaz ochiladi

Markazda 27 nafar xodim faoliyat ko‘rsatadi, ulardan 4 nafari yaponiyalik olimlar bo‘ladilar.

Hujjatga ko‘ra, markaz 2022-yilning 1-yanvariga qadar barcha soliqlardan hamda davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy to‘lovlardan, xorijlik xodimlar esa markazda faoliyat ko‘rsatish davomida olingan daromadlaridan daromad solig‘i to‘lashdan ozod etiladi.

Ushbu muddat davomida markaz shuningdek ko‘rsatilgan xizmatlar uchun qo‘shimcha qiymat solig‘i to‘lashdan ham ozod etiladi. Bundan tashqari, uning faoliyat ko‘rsatishi uchun keltiriladigan ilmiy-laboratoriya uskunalari, adabiyotlar, qurilmalar, kompyuterlar, orgtexnika, multimedia mahsulotlari va transport vositalari ham bojxona to‘lovidan ozod qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0