Jamiyat

Toshkentda kimlar propiska qilinishi mumkinligiga oydinlik kiritildi

Ilgari doimiy propiskada boʻlganlarning barcha yaqin qarindoshlari, yaʼni ota-ona, aka-uka yoki opa-singillari ham propiskadan oʻtishlari mumkin edi.

TOSHKENT, 26 sen — Sputnik. “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim boʻlgan shaxslar – Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyxati”ga oʻzgartishlar kiritildi, deb xabar beradi nuz.uz.

Oʻzgartishlar 2016 yil 23 sentyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunning 21-moddasiga muvofiq kiritildi.

Toshkent shahri - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Ajrashgan toshkentliklar poytaxt roʻyxatidan chiqariladi

Unga koʻra, poytaxt hududida propiska qilinish huquqiga ega boʻlganlar doirasi toraydi. Endilikda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskada boʻlganlarning faqat eri yoki xotini, voyaga yetgan turmush qurmagan farzandlari, oʻzaro va (yoki) ilgarigi nikohdan dunyoga kelgan voyaga yetmagan farzandlari hamda asrab olingan farzandlarigina doimiy propiskadan oʻtishlari mumkin boʻladi.

Ilgari doimiy propiskada boʻlganlarning qarindoshlari, yaʼni ota-ona, aka-uka yoki opa-singillari ham propiskadan oʻtishlari mumkin edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala