O‘zbekistonlik tadbirkorlar 200 mln dollarlikdan ziyod shartnomalar imzoladilar

© Sputnik / Viktor Chernov / Mediabankka o‘tishMarg‘ilon atlasi
Marg‘ilon atlasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xalqaro yarmarkada O‘zbekiston kompaniyalari turli mamlakatlarning firma va kompaniyalari bilan o‘zaro aloqa o‘rnatish va hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldi.

TOShKENT, 26 sen – Sputnik. Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan "To‘qimachilik va yengil sanoat – 2016" to‘qimachilik va yengil sanoat mahsulotlari, texnika va texnologiyalari xalqaro yarmarkasida O‘zbekistondagi kompaniya va korxonalar o‘z mahsulotlari va xizmatlari bilan ishtirok etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi hukumat portalida xabar berilmoqda.

"O‘zbekengilsanoat" aksiyadorlik jamiyatidan ma’lum qilishlaricha, mazkur xalqaro ko‘rgazmada mamlakatimizning "Istiqlol Tekstil Dizayn", "Samarkand Euroasia Textile", "Sedat Triko Tashkent", "Fortuna Tekstil", "Grand Textile Production", "Aisha Home Textile", "Medex" kabi yuzga yaqin kompaniyasi o‘z mahsulotlari va xizmatlari bilan ishtirok etdi. Yarmarka ishtirokchilari O‘zbekiston milliy stendida mamlakatimizning to‘qimachilik va yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish borasidagi salohiyati va imkoniyatlari, sohada taklif etilayotgan xizmatlar bilan tanishdi”, deyiladi xabarda.

Xalqaro yarmarkada faol ishtirok etgan o‘zbek korxonalari turfa xildagi ekspozitsiyalarni – rang-barang gazlamalar, ip-kalava, trikotaj polotnosi, kattalar va bolalar kiyimlari, pahmoq va jinsi mahsulotlar, tayyor tikuvchilik-trikotaj buyumlarini taklif etdi.

TEKSTILЬLEGPROM ko‘rgazmasi - Sputnik O‘zbekiston
Moskvadagi ko‘rgazmada o‘zbek tekstil korxonalari 200 mln dollarlik shartnoma imzolaydi

Xalqaro yarmarkada O‘zbekiston kompaniyalari turli mamlakatlarning firma va kompaniyalari bilan o‘zaro aloqa o‘rnatish va hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldi. Tadbirkorlar tomonidan jami ikki yuz million dollarlikdan ziyod eksport shartnomalari imzolandi.

Istiqlol yillarida yengil sanoat O‘zbekiston iqtisodiyotida munosib o‘rin egalladi. O‘tgan davrda sohaga yo‘naltirilgan xorijiy investitsiyalar hajmi 2 milliard 500 million dollarni tashkil etib, bu uch yuzga yaqin yirik loyihani amalga oshirish imkonini berdi. Bugungi kunda O‘zbekiston yengil sanoati zamonaviy jihozlangan ko‘p tarmoqli yirik korxonalardan iborat.

"O‘zbekengilsanoat" aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi sanoat muassasalari ip-kalava, mato, turfa xildagi tikuvchilik-trikotaj tovarlari, maxsus kiyimlar kabi keng turdagi yuksak sifatli mahsulotlar ishlab chiqarmoqda. Bu kabi yengil sanoat mahsulotlari bilan nafaqat ichki bozor ta’minlanmoqda, balki ular Yevropa, Amerika, Osiyo va Afrika mamlakatlariga yetkazib berilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0