O‘zbekistonlik "jihodchi" olti yilga qamaldi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishKishan
Kishan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
U Rossiyada ishlab yurgan chog‘ida Sankt-Peterburgdagi ro‘yxatdan o‘tmagan masjidlardan birida arab tilini o‘rgangan, so‘ngra yaqin qarindoshlari va tanishlarini jihodchilikka da’vat qilgan.

TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Navoiy viloyat jinoyat ishlari bo‘yicha sudida taqiqlangan diniy ekstremistik tashkilot faoliyatida ishtirok etgan xatirchilik 33 yoshli Zohidjon Niyozovning ishi ko‘rildi, deb xabar berdi kuch tizimlaridagi manba Sputnik muxbiriga.

O‘zbekiston milliy xavfsizlik xizmati xodimlari Niyozovning Rossiyada ishlab yurgan chog‘ida Sankt-Peterburgdagi "Jihodchilar" diniy-ekstremistik oqimi tarafdorlari joylashib olgan ro‘yxatdan o‘tmagan masjidlardan birida arab tilini o‘rganganligini aniqladilar.

Muntazam ravishda masjidga qatnab yurgan Niyozov "jihodchilar jamoasi"ning faol a’zolaridan biriga aylangan. U Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan guruhning boshqa a’zolari bilan birgalikda internet va ijtimoiy tarmoqlarda jangarilar da’vatchilari, diniy ekstremistik oqimlar yetakchilarining "jihod"ga da’vat qiluvchi lavhalarini ko‘rib borgan.

Ekstremistlarni qo‘lga olish bo‘yicha maxsus operatsiya - Sputnik O‘zbekiston
Besh nafar samarqandlik "ID" safiga qo‘shilishga da’vat qilgani uchun qamoqqa olindi

"Rossiyada bo‘lib turgan Niyozov 2013-yilda sherigi bilan Turkiya orqali Suriyaga borgan va jangarilar lagerida harbiy tayyorgarlikdan o‘tib, jangovar harakatlarda faol qatnashgan. Bundan tashqari, sudlanuvchi terrorchilik tashkiloti rahbarlarining topshirig‘iga muvofiq ekstremistlar safini to‘ldiruvchi oqim tashkilotchisi vazifasini bajargan", — dedi sud vakili.

U ishlab yurgan chog‘ida yaqin qarindoshlari va tanishlarini "jihodchilar" safiga kirishga da’vat qilgan. Targ‘ibot-tashviqot maqsadida u shaxsiy noutbuki xotirasida saqlanayotgan diniy ma’ruzalar va ekstremistik ruhdagi videolavhalardan foydalangan.
MXX xodimlari tomonidan to‘plangan dalillar asosida sud Zohidjon Niyozovni olti yil muddatga ozodlikdan mahrum etdi.

Yangiliklar lentasi
0