“Temur tuzuklari” internetda paydo bo‘ldi

© temurtuzuklari.uzUlojeniya Timura, Temur tuzuklari
Ulojeniya Timura, Temur tuzuklari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Buyuk Amir Temur zamondoshlari tomonidan yozib qoldirilgan “Temur tuzuklari” kitobida Sohibqironning davlat va jamiyatni boshqarishdagi boy tajribasi bilan tanishish mumkin.

TOShKENT, 27 sen – Sputnik. O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan internetda “Temur tuzuklari” asari paydo bo‘ldi, deb xabar qilmoqda nuz.uz nashri.    

Buyuk Amir Temur zamondoshlari tomonidan yozib qoldirilgan “Temur tuzuklari” kitobida Sohibqironning davlat va jamiyatni boshqarishdagi boy tajribasi bilan tanishish mumkin.

“Temur tuzuklari” sahifasi O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimovning Amir Temur haqida aytgan so‘zlari  bilan boshlanadi.

“Amir Temurning davlatchilik va diplomatiya, harbiy mahorat, bunyodkorlik salohiyati, ilmu fan, san’at va me’morchilikka oid qarashlari, hayotning ma’no-mazmuni, insonni ulug‘laydigan ezgu ishlar haqida bildirgan fikrlari, dinu diyonat va adolatni joyiga qo‘yish, saltanat ishlarini kengash va tadbir asosida amalga oshirish, har bir masalada uzoqni ko‘zlab, el manfaatini o‘ylab ish tutish bilan bog‘liq ibratli fazilatlarini alohida ta’kidlash o‘rinlidir. Aynan mana shunday masalalar Sohibqiron tafakkurining mahsuli bo‘lgan «Temur tuzuklari» asarida har tomonlama aniq, ishonarli va ta’sirchan tarzda yoritilgan”, — deydi Islom Karimov  Amir Temur “Temur Tuzuklari” asari haqida.

© temurtuzuklari.uzAmir Temur mashvarati (majlisi).
Amir Temur mashvarati (majlisi).  - Sputnik O‘zbekiston
Amir Temur mashvarati (majlisi).

“Temur tuzuklari” asarida har bir kishi o‘zi uchun qiziq ma’lumot, maslahat va o‘gitlar topishi mumkin. Masalan, mansabdor shaxslarni jazolash haqida Amir Temur shunday degan ekan:

“Saltanatim qo‘rg‘onlari bo‘lmish amirlar, agar ish ustida nifoqqa borsalar, ularni martabasidan tushirsinlar va yerlari tortib olinsin. Agar davlatga ziyon yetkazgudek ish qilsalar, ular boshqa amirlarga tobe’ etilsinlar. Agar sipohiylik ishlarida yalqovlik qilgan bo‘lsalar, ularga yozish-chizish bilan shug‘ullanuvchilar orasidan ish berilsin. Agar shundan keyin ham xatolikka yo‘l qo‘yib, kaltabinlik qilsalar, ikkinchi bor xizmatga olmasinlar”.

Ushbu asarning dolzarbligi bugungi kunda oshgan bo‘lsa oshganki, lekin kamaymagan. Sayt boshida keltirilgan O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimovning qo‘yidagi so‘zlari bunga isbotdir.

"Bugungi murakkab va tahlikali davrda bu kitobni qayta-qayta mutolaa qilish, uning mag‘zini chaqish birinchi galda rahbar, yetakchi bo‘lishdek mas’uliyatli vazifani o‘z zimmasiga olgan odamlar uchun, qolaversa, har qaysi ziyoli inson uchun bag‘oyat foydali ekani haqida ortiqcha gapirib o‘tirishga hojat yo‘q, deb o‘ylayman".

Saytda “Temur tuzuklari” asari matnidan tashqari bir necha miniaturalar, illyustratsiya va fotosuratlar joylashtirilgan. Barcha ma’lumot o‘zbek tilida berilan. 

© temurtuzuklari.uzAmir Temur jang oldidan
Amir Temur jang oldidan - Sputnik O‘zbekiston
Amir Temur jang oldidan

 

Yangiliklar lentasi
0