UMS 4G LTE internetini namoyish etdi

© Sputnik / Sergey Malgavko / Mediabankka o‘tishLTE standarti minorasi
LTE standarti minorasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
UMS kompaniyasi Toshkent shahrida 4G LTE tarmog‘ini uch oydan ilgariroq ishga tushirgan

TOShKENT, 27 sen – Sputnik. ICT Expo 2016 an’anaviy axborot texnologiyalari ko‘rgazmasida UMS mobil operatori yuqori tezlikdagi "to‘rtinchi avlod" internetini taqdim etdi. Uning imkoniyatlari ko‘rgazmaning minglab ishtirokchilariga Samsung va Huawei mobil qurilmalari yordamida namoyish etildi.

Toshkentda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi boshlandi

ICT Expo 2016 ishtirokchilari UMS stendi oldida internet tezligini o‘lchab ko‘rishlari, katta hajmdagi ma’lumotlarni ko‘chirib olish va yuklashlari, virtual reallik ko‘zoynaklari yordamida yuqori tiniqlikdagi videoroliklarni ko‘rishlari mumkin bo‘ldi. O‘lchovlar davomida UMSning 4G LTE interneti download-tezligining eng yuqori ko‘rsatkichlari 143,93 Mb/sgacha yetib bordi.

UMS kompaniyasi Toshkent shahrida 4G LTE tarmog‘ini uch oydan ilgariroq ishga tushirgan. Hozirda unga 89 ming nafar abonent ulangan.

An’anaviy "ICTExpo – 2016" axborot-kommunikatsiya texnologiyalari milliy ko‘rgazmasi 21-23 sentabr kunlari Toshkent va Namangan shaharlarida bo‘lib o‘tdi. Unda axborot xizmatlari bozorida taqdim etilayotgan eng zamonaviy tizim va texnologiyalar namoyish etildi. O‘zbekiston kompaniyalari yuqori texnologiyali mahsulotlar, dasturiy ta’minot, kompyuter texnikasi, mobil aloqa va ma’lumotlar uzatish xizmatlarini taqdim etdi.

Yangiliklar lentasi
0