Hodisalar

"Qotil-enaga" ishi boʻyicha ayblov xulosasi prokuraturaga yuborildi

© Sputnik / Grigoriy Sыsoyev / Fotobankka oʻtishGulchehra Boboqulova
Gulchehra Boboqulova - Sputnik Oʻzbekiston
"Uni majburiy davolashga joʻnatish masalasi sud jarayonida hal boʻladi", — dedi Boboqulovaning advokati

TOSHKENT, 27 sen — Sputnik. Yosh goʻdakning qotilligida ayblanayotgan oʻzbekistonlik Gulchehra Boboqulovaning advokati ishga oid hujjatlar bilan tanishib chiqdi, ayblov xulosasi tasdiqlash va sudga taqdim etish uchun prokuraturaga yuborildi, deb xabar beradi RIA Novosti advokat Anastasiya Jilkinaga asoslanib.

"Ish boʻyicha dastlabki tergov yakunlandi. Biz ishga oid 20 jildga yaqin hujjatlar bilan tanishib chiqdik. Ayni paytda ayblov xulosasi tasdiqlash uchun prokuraturaga yuborilgan, soʻngra ish sudga oshiriladi", — dedi advokat agentlikka.

Ilgariroq ish boʻyicha hujjatlarni tarjima qilayotgan tarjimon RIA Novostiga Boboqulova ekspertlar tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilganligini aytgandi. "Ekspertizani men izohlay olmayman, lekin uni majburiy davolashga joʻnatish masalasi sud jarayonida hal boʻladi", — dedi advokat.

Eslatib oʻtamiz, vahshiy qotillik joriy yil mart oyi boshida sodir etilgan edi. Rossiya Tergov qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Gulchehra Boboqulova qizchaning ota-onasi toʻngʻich farzandini olib uydan chiqib ketishlarini kutgan, soʻngra qizaloqni oʻldirib, kvartiraga oʻt qoʻyib, koʻchaga chiqib ketgan.

Nyanya Gyulchexra Bobokulova - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Qotil-enaga Gulchehra Boboqulova – “aqli noraso shaxs” deb topildi

Metro stantsiyasi oldida qoʻlga olingunga qadar, Boboqulova 20 daqiqalarga yaqin qoʻlida qizchaning kesilgan boshini ushlagancha koʻchada yurgan, oʻziga oʻzi gapirib, politsiyachilar va yoʻlovchilarga poʻpisa qilgan.

Rossiya Tergov qoʻmitasi xabariga muvofiq, Boboqulovani bu qabih ishni amalga oshirishga undagan sheriklari boʻlishi mumkin. Manba taʼkidiga qaraganda, qotil-enaga bilan birga yashagan erkak uni diniy ekstremistik gʻoyalar bilan "zaharlagan"ligi boʻlishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala