Dunyoda

AQSH Rossiyaga qarshi sanktsiyalarni kengaytirish taraddudida

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Fotobankka oʻtishOq uy, Vashington
Oq uy, Vashington - Sputnik Oʻzbekiston
"Biz istiqbolda qoʻshimcha moliyaviy sanktsiyalarni qoʻllash masalasini kun tartibidan olib tashlaganimiz yoʻq", - deb bayonot qildi rasmiy Vashington vakili

TOSHKENT, 28 sen — Sputnik. AQSH hukumati Rossiyaga qarshi sanktsiyalar kengaytirilishi ehtimoli borligi haqida ogʻiz ochdi, rasmiy Kremlga qarshi kiritiladigan yangi iqtisodiy cheklovlarga Suriya masalasi sabab qilib koʻrsatilmoqda, deb xabar qilgan RIA Novosti nashriga Amerika prezidenti matbuot-kotibi Josh Ernest.

Bashar Asad - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Bashar Asad: AQSH Suriya qoʻshinlariga ataylab zarba bergan
"Biz istiqbolda qoʻshimcha moliyaviy sanktsiyalarni qoʻllash masalasini kun tartibidan olib tashlaganimiz yoʻq", — deb qoʻshimcha qildi Vashington vakili.

AQSH prezidenti matbuot-kotibining soʻzlariga koʻra, sanktsiyalardan "AQSH manfaatlarini dunyo boʻylab himoyalashda samarali vosita" sifatida muvaffaqiyatli qoʻllanilib kelinmoqda.

Ernestga koʻra, Suriyadagi vaziyat borgan sari chigallashmoqda. Oq uy vakili Suriya armiyasi hujumga oʻtgan Aleppodagi vaziyat haqida alohida toʻxtalib oʻtgan. Amerika hukumati Aleppo yaqinida oʻqqa tutilgan BMT gumanitar karvoni mojarosida Rossiyani ayblashga urindi.

"Bu zarba Rossiya qurolli kuchlari tomonidan yoxud Rossiya qaramogʻida boʻlgan Suriya qurolli kuchlari tomonidan amalga oshirilgan", — deb taʼkidladi Ernest.

U, shuningdek, Moskva har qanday taqdirda ham yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan javob berishi lozimligini aytdi.

Moskva hukumatining munosabatiga keladigan boʻlsak, rasmiy Kreml bundan oldin ham bir necha marotaba BMT gumanitar karvoniga zarba bermagani haqida bayonotlar qilgan. Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov AQShning bu boradagi eʼtirozlariga "asossiz ayblovlar" deya izoh bergan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader