O‘zbek afsonaviy bokschisi Rufat Risqiyevning oyog‘i amputatsiya qilindi

© Sputnik / Yuriy Somov / Mediabankka o‘tishBokschi Rufat Riskiyev
Bokschi Rufat Riskiyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kuni kecha oyog‘ida jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan o‘zbekistonlik mashhur bokschining ahvoli ancha yaxshiligi ta’kidlanmoqda

TOShKENT, 28 sen — Sputnik. O‘zbekistonlik mashhur bokschi, sobiq Ittifoq davridagi birinchi o‘zbek olimpiadachisi (kumush medal sovrindori), jahon chempioni Rufat Risqiyev oyog‘ida gangrena(qorason) boshlangani sababli shifokorlar uning o‘ng oyog‘ini tizzadan pastini kesib tashlash uchun jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan. Bu haqda boks murabbiyi Murat Ergashev Facebookdagi sahifasida yozgan.

"Do‘stlar, Toshkentdan qayg‘uli xabar keldi. Bizning mashhur chempionimiz — Rufat Risqiyevning oyog‘i venalar trombozining og‘irlashishi tufayli amputatsiya qilindi", — deya yozgan u.

Rufat Risqiyev Toshkent shahridagi 16-shifoxonada amputatsiya qilingan va ayni vaqtda shu shifoxonada qolmoqda.

© Sputnik / Rudolf Kucherov / Mediabankka o‘tishBokschi Rufat Risqiyev
Bokschi Rufat Risqiyev - Sputnik O‘zbekiston
Bokschi Rufat Risqiyev

Jarrohlik amaliyotini boshidan kechirgan Rufat Risqiyevning salomatligi tiklanmoqda, hozir o‘zini yaxshi sezmoqda.

Bundan bir necha yil oldin ham sobiq bokschi ikkala oyog‘ida jarrohlik amaliyoti o‘tkazgan. Shifokorlar qattiq parhez va davolash talablariga rioya qilishni buyurgan edi.

2 oktabr kuni 67 yoshini qarshilaydigan Rufat Risqiyev 1974-yilda Gavanada jahon chempioni bo‘lishga erishgan. Chempionlik jangi og‘ir kechgan, jang payti qo‘l suyaklarining yetti joyi singan. U shuningdek, 1976-yilgi Monreal Olimpiadasi kumush medali sohibi hisoblanadi.

Rufat Risqiyev – SSSR Xalqlari spartakiadasining ikki karra chempioni, Sovet Ittifoqining to‘rt karra chempioni, Jahon chempioni va Olimpiya o‘yinlarining kumush medali sovrindori. SSSRda xizmat ko‘rsatgan sport masteri. AQSh, Kuba, Avstriya, Yugoslaviya, Ispaniyada o‘tkazilgan xalqaro turnirlar g‘olibi. "Hurmat Belgisi", "Buyuk xizmatlari uchun", "El-yurt hurmati" ordenlari kavaleri. Yaqin o‘tmishda – O‘zbekiston Professional boksi federatsiyasining vitse-prezidenti, ayni paytda – oddiy pensioner.

© Sputnik / N. Klyuchnev / Mediabankka o‘tishBokser Rufat Riskiyev
Bokser Rufat Riskiyev - Sputnik O‘zbekiston
Bokser Rufat Riskiyev
Yangiliklar lentasi
0