O‘zbekistonda 3 yoshgacha farzandi bor ayollarni axloq tuzatish ishlariga jalb etish taqiqlandi

© fotoliaAdolat va qonun
Adolat va qonun - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Onalik fakti va farzandining 3 yoshga to‘lmaganligining o‘ziyoq axloq tuzatish ishlarini qo‘llashdan ozod qiladi

TOShKENT, 28 sen — Sputnik. O‘zbekiston qonunchiligidagi o‘zgarishlarga ko‘ra, endilikda nafaqat pensiya yoshidagilar, mehnatga layoqatsizlar, harbiylar, homilador ayollar va farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanish uchun ta’til olgan ayollar, balki 3 yoshgacha farzandi bo‘lgan ayollarni ham axloq tuzatish ishlariga jalb etish taqiqlandi, deb xabar beradi CA News.

Ilgari bunday imtiyoz faqatgina farzandi 3 yoshga to‘lguniga qadar uning tarbiyasi bilan shug‘ullanish uchun ta’til olgan ayollargagina tatbiq etilgandi. Biroq buning uchun ayol ish joyiga ega bo‘lishi va jazo belgilangunga qadar farzand boqish uchun ta’tilga chiqqan bo‘lishi lozim edi.

Bunda amalda farzandini 3 yoshga yetguniga qadar tarbiyalayotgan onalarga nisbatan axloq tuzatish ishlari jazosi qo‘llanilmasdi.

Hozirda onalik fakti va farzandining 3 yoshga to‘lmaganligining o‘ziyoq axloq tuzatish ishlarini qo‘llashdan ozod qiladi.

Bundan tashqari, qonunchilikka ko‘ra, 3 yoshgacha farzandi bo‘lgan onalarga nisbatan jamoat xavfsizligiga katta xavf tug‘dirmaydigan, ehtiyotsizlik oqibatida hamda qasddan qilingan og‘ir bo‘lmagan jinoyatlari uchun ham ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilmaydi.

Shu tarzda, aksariyat hollarda bunday ayollarga nisbatan jazolashning yengil turi, masalan, jarima qo‘llanilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0