Kuryer v Moskve. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Migratsiya

Rossiyada migrantlar ommaviy qochishni tashkillashtirdi

© Sputnik / Aleksandr Utkin / Mediabankka oʻtishRossiya Federal Migratsiya Xizmati nolegal migrantlarni tekshirmoqda
Rossiya Federal Migratsiya Xizmati nolegal migrantlarni tekshirmoqda - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Qochishni uyushtirgan migrantlarning aksariyat qismi Tojikiston va Oʻzbekiston fuqarolari ekanligi xabar qilinmoqda

TOSHKENT, 30 sen — Sputnik. Yoʻl qoʻygan qonunbuzarliklari uchun Leningrad viloyatining Gatchina shahridagi vaqtinchalik saqlash markazida ushlab turilgan 13 nafar migrantlar devorni yorib qochib ketishga muvaffaq boʻldilar, ularning bir qismi tutib olindi, deb xabar qilmoqda huquqni muhofaza qilish organlarida manba.

"Gatchina shahridagi vaqtincha saqlash maxsus markazining birinchi qavatida qoʻlga olingan 13 nafar migrant devorni yorib, hosil boʻlgan tuynukdan qochib ketishga muvaffaq boʻlgan", — deb xabar qildi agentlikka suhbatdosh.

Suhbatdoshning taʼkidiga qaraganda, qochganlarning asosiy qismi Tojikiston va Oʻzbekiston fuqarolaridir.

Tezkor guruh xodimlari qisqa vaqt ichida olti nafar qochoqni qoʻlga olishgani haqida aytilmoqda, qolganlari esa ayni vaqtda qidiruvda.

Yangiliklar lentasi
0