Analitika

"Islom davlati"ni Afgʻoniston emas, Markaziy Osiyo qiziqtiradi - Rossiya TIV

© AFP 2022 / ALBARAKA NEWS"ID" terrorchilik uyushmasi jangarilari
ID terrorchilik uyushmasi jangarilari - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Rossiya TIV rahbari oʻrinbosariga koʻra, ilgari "Islom davlati" oʻz qatoriga toliblarni faol jalb qilgan, "ammo asta-sekin pullar oqimi pasayib, tabiiyki, terrorchilik uyushmasi oʻz jozibasini ancha yoʻqotgan..."

TOSHKENT, 30 sen — Sputnik. Rossiyada taqiqlangan jinoiy uyushma boʻlmish "Islom davlati"ni Afgʻoniston qiziqtirmaydi, ularning niyati Markaziy Osiyoga kirib olish, deb taʼkidladi RIA Novostiga bergan intervyusida Rossiya TIV rahbari oʻrinbosari Oleg Siromolotov.

"Ha, "ID" jangarilari bu davlatga (Afgʻonistonga, tahr.) kirib borishga harakat qilishmoqda, lekin u yerning xususiyati boshqa", — dedi u.

"Islom davlati" jangarilari Afgʻonistonga kirib kelib, Afgʻoniston ularga umuman qiziq emasligi haqida bong urishmoqda. Chunki ularni daryo ortidagi Markaziy Osiyo koʻproq qiziqtiradi. Nega? Chunki, ayrim maʼlumotlarga koʻra, "ID"ning 50-60%gacha jangarilari — bu Markaziy Osiyo, Shimoliy Kavkaz fuqarolaridir. Tabiiyki, ular yanada kengroq hududlarga kirib borishni istashadi. Ammo hozircha ular yetarlicha salohiyatga ega emas", — qoʻshimcha qildi Siromolotov.

Rossiya TIV rahbari oʻrinbosari soʻzlariga koʻra, hozirda Afgʻonistonda bir-biriga qarshi ikki terrorchi guruh faoliyat olib bormoqda — bular "ID" va "Tolibon"dir.

Oʻzbekiston prezidenti Islom Karimov - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Islom Karimov: Afgʻoniston Yaqin Sharqdan ekstremistik guruhlarni "tortmoqda"
"Unisi ham, bunisi ham terrorchilik guruhi sanaladi. Ammo farqi shundaki, toliblar oʻz hududida istiqomat qilishmoqda, ID esa kelgindi hisoblanadi va tabiiyki u ham oʻz qayerdandir moliyaviy koʻmak olib turishi kerak. Shu bois. ikki jinoiy guruh oʻrtasida hozirda toliblar nazoratida boʻlgan narkotrafik kanallari uchun jang bormoqda. Buning oqibatida ularning oʻrtasida shunchaki kelishmovchilik emas, balki haqiqiy jangovor toʻqnashuvlar yuz bermoqda. Ammo Afgʻonistonning ayrim tumanlarida bu ikki guruh oʻzaro ittifoqlikda kun kechirayotganiga ham guvoh boʻlish mumkin", — deya taʼkidladi u.

Siromolotovning soʻzlariga qaraganda, ilgari "Islom davlati" oʻz qatoriga toliblarni jalb qilishi mumkin boʻlgan, "ammo asta-sekin pullar oqimi pasayib bormoqda, tabiiyki, shu bois terrorchilik uyushmasi jozibasi ham ancha xiralashgan…"

Yangiliklar lentasi
0