Siyosat

Bugun Oʻzbekiston prezidentligi saylovlari uchun nomzodlar rasman ilgari surilmoqda

© Sputnik / Grand Xachatryan / Mediabankka oʻtishSaylov jarayoni
Saylov jarayoni - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekistondagi siyosiy partiyalar oliy organlari 30 sentyabrdan 20 oktyabrgacha boʻlgan muddat ichida Markaziy Saylov Komissiyasi qarori bilan belgilangan rejaga mos ravishda oʻz nomzodlarini prezidentlik uchun ilgari suradi

TOSHKENT, 30 sen — Sputnik. 2016 yilning 2 sentyabrida Oʻzbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov 78 yoshida insult kasalligidan vafot etgan edi. Hozirda, davlat rahbari vazifasini vaqtincha bosh vazir Shavkat Mirziyoyev bajarib kelmoqda. Prezident saylovi esa shu yilning 4 dekabr kuni boʻlib oʻtishi belgilangan.

Oʻzbekistondagi siyosiy partiyalar oliy organlari 30 sentyabrdan 20 oktyabrgacha boʻlgan muddat ichida Markaziy Saylov Komissiyasi qarori bilan belgilangan rejaga mos ravishda oʻz nomzodlarini prezidentlik uchun ilgari suradi.

Qonunchilikka koʻra, Oʻzbekiston rahbarligi uchun saylov eʼlon qilingan kundan 6 oy muqaddam roʻyxatdan oʻtgan siyosiy partiyalargina prezident saylovida ishtirok eta oladi.

Avvalroq, Oʻzbekistonda roʻyxatdan oʻtgan barcha toʻrtta siyosiy partiya oʻz plenumlarini oʻtkazib, prezidentlik saylovida ishtirok etishga qaror qilgan edi.

Oʻzbekiston prezidentligiga nomzodlar - Sputnik Oʻzbekiston
Infografika
Oʻzbekiston prezidentligiga nomzodlar
Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi Prezident vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevni, "Milliy tiklanish" milliy demokratik partiyasi Qonunchilik palatasi spikeri oʻrinbosari Sarvar Otamurodovni, Xalq demokratik partiyasi oʻz yetakchisi Hotamjon Ketmonovni va "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi Narimon Umarovni prezidentlikka nomzod sifatida tavsiya qilgan edi. Nomzodlarning barchasi oktyabr oyi oʻrtalarida boʻlajak partiya sʼyezdlarida tasdiqlanishi kerak.

Oʻtgan haftada Oʻzbekiston Markaziy Saylov Komissiyasi raisi Mirzo-Ulugʻbek Abdusalomov barcha toʻrtta siyosiy partiyalarga prezidentlik saylovida ishtirok etish huquqi taqdim etilganini maʼlum qilgan edi. Ular 20 oktyabr kunigacha davom etadigan imzo yigʻish jarayonida, qonunchilikka binoan barcha saylovchilarning bir foizi (214,35 ming imzo) miqdorida imzoni toʻplashi talab etiladi.

Yangiliklar lentasi
0