Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev: "Oʻqituvchi kasbi dunyodagi eng ulugʻ va sharafli kasb"

© Sputnik / Dmitriy AstaxovShavkat Mirziyoyev - Oʻzbekiston prezidenti v.b., Bosh vazir
Shavkat Mirziyoyev - Oʻzbekiston prezidenti v.b., Bosh vazir - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev oʻqituvchi va murabbiylarni bayram bilan tabriklab, ularga ezgu tilaklarni izhor etdi

TOSHKENT, 30 sen — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti v.b. Shavkat Mirziyoyevning bayram tabrigi Oʻzbekiston TIV rasmiy saytida eʼlon qilingan.

"Qadrli ustoz va murabbiylar!

Avvalambor, dunyodagi eng ulugʻ va sharafli kasb egasi boʻlgan siz, azizlarni bugungi qutlugʻ ayyom – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan tabriklab, barchangizga oʻzimning ezgu tilaklarimni izhor etaman.

Ushbu sana bundan 19 yil oldin Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, buyuk Yurtboshimiz Islom Abdugʻaniyevich Karimov tashabbusi bilan el-yurtimizning sizlarga boʻlgan yuksak hurmat-ehtiromining amaliy ifodasi, umumxalq bayrami sifatida taʼsis etilganini albatta hammamiz yaxshi eslaymiz.

Mamlakatimizda sogʻlom va barkamol avlodni voyaga yetkazishni kelajagi buyuk Oʻzbekistonni barpo etishning eng muhim sharti deb bilgan, sizlarga oʻzining eng yaqin maslakdoshlari sifatida katta ishonch va hurmat bilan qaragan Yurtboshimizning oʻzlari ham barchamiz uchun mehribon ustoz, talabchan murabbiy edilar.

Islom Abdugʻaniyevich Vatanimizni buyuk muhabbat bilan sevish, xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilish, bu yoʻlda bor bilim va tajribamiz, butun borligʻimizni safarbar etish borasida biz uchun yuksak ibrat maktabini yaratib ketdilar.

Oʻqituvchi dars bermoqda - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda bir guruh oʻqituvchi va murabbiylar mukofotlandi
Jahon hamjamiyatida "oʻzbek modeli" deb tan olingan taraqqiyot strategiyamizning ajralmas qismi boʻlgan zamonaviy taʼlim-tarbiya tizimiga asos solgan, bu sohani davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishi darajasiga koʻtarib, uning rivojlanish yoʻllarini aniq belgilab bergan, "Butun Oʻzbekiston bolalari – mening aziz farzandlarim" deb ularni hamisha eʼzozlagan Islom Abdugʻaniyevich Karimovning oʻlmas tarixiy xizmatlarini bugungi va kelgusi avlodlar doimo chuqur minnatdorlik bilan yodga oladi.

Ulugʻ ustozimizning ezgu gʻoya va vasiyatlari asosida taʼlim va tarbiya sohasidagi tub islohotlarni yuksak bosqichga koʻtarish, mamlakatimizning taqdiri va kelajagi uchun masʼuliyatni oʻz zimmasiga olishga qodir boʻlgan yangi avlod kadrlarini voyaga yetkazishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish hammamizning nafaqat vazifamiz, balki muqaddas burchimiz boʻlib, biz bu yoʻlda birinchi navbatda siz, azizlarga, sizlarning bilim va malakangiz, tajriba va mahoratingizga tayanamiz.

Aziz doʻstlar!

Sizlarning yoshlarimiz qalbi va ongiga ona Vatanga muhabbat va sadoqat tuygʻusini singdirish, ularni turli tahdidlardan asrash, komil inson etib voyaga yetkazish yoʻlidagi beqiyos xizmatlaringizni barcha ota-onalar, jamoatchiligimiz, butun xalqimiz yaxshi biladi va yuksak qadrlaydi.

Oʻzbekiston Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
"Oʻzbekistonga hech kim xalaqit bermasin!" yoxud Islom Karimovning eng yorqin fikrlari
Ayni paytda bugungi kunda oldimizda yanada muhim va dolzarb vazifalar turganini hammamiz yaxshi tushunamiz. Shu borada ilm-fan va taʼlim-tarbiya sohasining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, uning nafaqat davr bilan hamohang boʻlishini, balki zamondan oldinda yurishini taʼminlash, pedagog kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning ilgʻor usullaridan keng foydalanish, bu ishlarni xorijdagi nufuzli markazlar bilan hamkorlikda olib borish, sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, oʻqituvchi va domlalarning mashaqqatli va masʼuliyatli mehnatini har taraflama ragʻbatlantirish bilan bogʻliq vazifalarni amalga oshirish, qisqa qilib aytganda, hayotimizga katta kuch boʻlib kirayotgan yangi avlodimizni kamol toptirish uchun davlatimiz tomonidan barcha imkoniyatlar safarbar etiladi.

Muhtaram ustoz va murabbiylar!

Siz, azizlarni 1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayzu baraka, hayotda va mehnat faoliyatingizda baxt va omadlar yor boʻlishini tilayman".

Yangiliklar lentasi
0