Jamiyat

Gaz uskunalarini taʼmirlatish uchun internetdan ariza berish imkoniyati yaratildi

© Sputnik / Igor Zarembo / Fotobankka oʻtishGaz plitasi
Gaz plitasi - Sputnik Oʻzbekiston
“Yagona portal foydalanuvchilaridan elektron ariza joʻnatish vaqtida qoʻshimcha hujjatlar talab etilmaydi”, deyiladi portal xabarida

TOSHKENT, 30 sen – Sputnik. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida "Oʻztransgaz" kompaniyasining hududiy va tuman boʻlinmalariga tabiiy gazning sizib chiqishini bartaraf etish va gaz uskunalarini taʼmirlash uchun ariza berish imkoniyati paydo boʻldi. Bu haqda Yagona portalning yangiliklar boʻlimida xabar berilgan.

"Tabiiy gazning sizib chiqish holati yuzaga kelganda, tabiiy gaz taʼminoti muassasi mutaxassisi uni bartaraf etish soʻrovi tushgandan soʻng, zudlik bilan tegishli ishlarni amalga oshirish uchun voqea joyiga tashrif buyuradi. Gaz uskunalarini taʼmirlash ishlarini oʻtkazish uchun mutaxassisning tashrifi bir ish kunida amalga oshiriladi", — deyiladi Yagona portal xabarida.

Xabarda aytilishicha, gaz uskunalarini mutaxassis tomonidan taʼmirlanishi toʻlov asosida kelishilgan narxda yoki tasdiqlangan preyskurantga muvofiq amalga oshiriladi. Oʻz navbatida, tabiiy gazning sizib chiqishini bartaraf etish esa mutaxassis tomonidan bepul amalga oshiriladi.

"Yagona portal foydalanuvchilaridan elektron ariza joʻnatish vaqtida qoʻshimcha hujjatlar talab etilmaydi", — deyiladi portal xabarida.

Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali 2013 yilda tashkil etilgan boʻlib, foydalanuvchilarga davlat organlariga toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat qilish, davlat organlariga murojaat qilinganda foydalanuvchilar uchun byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish va ularni bartaraf etish hamda interaktiv davlat xizmatlari olishda foydalanuvchining shart-sharoitlarini rivojlantirish va imkoniyatlarini kengaytirish uchun moʻljallangan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala