Jamiyat

Toshkentda mushuklar koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
9 oktyabr kuni boʻlib oʻtadigan koʻrgazmada Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Tojikistondan professional mushukboqarlar va mushuksevarlar ishtirok etadilar.

TOSHKENT, 30 sen – Sputnik. Toshkentdagi Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bogʻida “Osenniy Koshkent 2016” (Kuzgi Mushukkent 2016) deb nomlangan mushuklar koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi, deb xabar bermoqda afisha.uz.

9 oktyabr kuni boʻlib oʻtadigan koʻrgazmada Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Tojikistondan professional mushukboqarlar va mushuksevarlar ishtirok etadilar. Koʻrgazma doirasida zotdor va uy mushuklari oʻrtasida turli musobaqalar va koʻngilochar tadbirlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Koʻrgazma "Farus" mushuksevarlar assotsiatsiyasi va "Caravan cats" felinologiya jamiyati tomonidan tashkil etilmoqda. Unga Rossiya va qozogʻistonlik ekspertlar taklif etilishgan.

Yangiliklar lentasi
0