Jamiyat

Oʻzbekistonda bir guruh oʻqituvchi va murabbiylar mukofotlandi

© inclusive.uzOʻqituvchi dars bermoqda
Oʻqituvchi dars bermoqda - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev oʻqituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan taʼlim-tarbiya tizimida alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisidagi farmonga imzo chekdi

TOSHKENT, 30 sen — Sputnik. 1 oktyabr – "Oʻqituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev “Oʻqituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan taʼlim-tarbiya tizimida alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida”gi farmonni imzoladi. Hujjat matni Oʻzbekiston Respublikasi hukumat portalida keltirilgan.

Farmonga muvofiq, Oʻzbekistonda yosh avlodning intellektual va maʼnaviy salohiyatini yuksaltirish, ularni ona Vatanga muhabbat, istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga qoʻshgan salmoqli hissasi, taʼlim-tarbiya tizimidagi koʻp yillik samarali mehnati, yoshlarga ilm-fan asoslari va zamonaviy kasb-hunarlarni oʻrgatishdagi fidoyiligi hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun bir qator Oʻzbekiston fuqarolari quyidagi faxriy unvonlar bilan taqdirlanadi:

"Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi";

"Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan xalq taʼlimi xodimi";

"Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi";

"Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi".

Shuningdek, Oʻzbekistonda taʼlim sohasini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish, oʻzbek xalqining madaniyati va maʼnaviyatini yuksaltirish ishlariga qoʻshgan munosib hissasi, yosh avlodni sogʻlom va barkamol voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik, milliy istiqlol gʻoyasiga sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi koʻp yillik samarali mehnati hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun bir qator oʻqituvchi va murabbiylar quyidagi medal va ordenlar bilan mukofotlandi:

"Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni;

"Mehnat shuhrati" ordeni;

II darajali "Sogʻlom avlod uchun" ordeni;

"Doʻstlik" ordeni;

"Shuhrat" medali.

Yangiliklar lentasi
0