Madaniyat

Ashxobodda oʻzbek kinosi kunlari boʻlib oʻtdi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka oʻtishAshxobod shahri
Ashxobod shahri - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbek kinosi kunlari dasturi kinorejissyor Qamara Kamolovaning “Unutma meni” badiiy filmi bilan ochildi

TOSHKENT, 30 sen – Sputnik. Mazkur tadbir Oʻzbekiston va Turkmaniston hukumatlari oʻrtasida 2014-2016 yillarga moʻljallangan madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlik dasturiga asosan “Oʻzbekkino” milliy agentligi, Oʻzbekistonning Turkmanistondagi elchixonasi hamda “Turkmanfilm” birlashmasi hamkorligida tashkil etildi, deb xabar beradi “Jahon” axborot agentligi.

Tadbir chogʻida ikki mamlakat oʻrtasidagi madaniy-maʼrifiy, ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi mustahkam hamkorlik, ikki qardosh xalqning doʻstligi, kino sanʼatidagi aloqalari haqida taʼkidlab oʻtildi.

Oʻzbek kinosi kunlari dasturi kinorejissyor Qamara Kamolovaning “Unutma meni” badiiy filmi bilan ochildi. Ushbu film davlat buyurtmasiga asosan 2012 yilda “Shod” ijodiy uyushmasida ishlab chiqarilgan boʻlib, unda endigina dunyoni anglab kelayotgan jajji bolalarning hayoti va ichki dunyosi haqida hikoya qilinadi.

Tadbir doirasida oʻzbekistonlik kinoijodkorlar tomonidan yaratilgan «Xazonrezgi», «Zarb», «Parizod», «Sehrli qalpoqcha», «Ota», «Hayotda…» kabi badiiy filmlar namoyish etildi.

Ushbu filmlarda Oʻzbekistonning zamonaviy kino sanʼatining boy anʼanalari, oʻzbek va jahon kinematografiyasining ilgʻor uslublari, oʻzbek xalqining boy maʼnaviyati aks etgan. Mazkur filmlar turkmanistonlik kino ixlosmandlariga oʻzbek xalqining turmush tarzi, mentaliteti, urf-odat va anʼanalari, bugungi hayoti bilan tanishish imkonini berdi.

Oʻzbek kinosi kunlari mobaynida “Turkmanfilm” birlashmasi faoliyati bilan tanishuv, ikki mamlakat kinematografchilari ishtirokida ijodiy uchrashuv, filmlar muhokamalari kabi qator tadbirlar oʻtkazildi.

Yangiliklar lentasi
0