Musofirlarga atalgan videorolik o‘zbek internetini "portlatdi"

Obuna bo‘lish
Mazkur video bir necha daqiqalarda 5000dan ortiq marta ko‘rildi

TOShKENT, 30 sen – Sputnik. O‘zbekistondagi “Milliy” telekanali ijodkorlari tomonidan yangi videorolik tayyorlandi.

Unda o‘z Vatanidan, oilasidan yiroqda, o‘zga yurtlarda musofir bo‘lib yurgan o‘zbekistonliklargamurojaat qilinadi.

Mazkur video bir necha daqiqalarda 5000dan ortiq marta ko‘rildi va 500 dan ortiq foydalanuvchi ushbu video bilan o‘z sahifalarida bo‘lishdi.

Tish qayrama, yomon dema hech,
Seni katta qilgan VATANNI!
Kim deydilar eshigin buzib,
Beshigini tepkan odamni?!

Yashnamaydi novda ildizsiz
Tomiring suv ichgan yerga bor
Otang qurgan yo‘llarni yashnat,
Uy yoniga yana bir uy sol!

Yaxshilik qil, yurtingni yashnat
Qo‘ldan berma shunday imkonni
SEN HECh KIMDAN KAM EMASSAN,
BIL BOLASISAN O‘ZBEKISTONNI!!!
deyiladi videorolikda jumladan.

Yangiliklar lentasi
0