Rim Papasi Gruziya va uning xalqi bilan do‘st bo‘lish istagini bildirdi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishRim Papasining Gruziyaga tashrifi
Rim Papasining Gruziyaga tashrifi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Gruziya Patriarxi Iliya Ikkinchi esa, o‘z navbatida, Rim Papasini "suyukli og‘am" deb atagan

TOShKENT, 1 okt — Sputnik, Megi Kikaleyshvili. Ikki kunlik tashrif bilan Tbilisida bo‘lgan Rim papasi Fransisk Gruziyani "muqaddas joy" deb atab, Gruziya xalqi bilan do‘stlashish istagini bildirdi.

Rim Papasi Gruziyaga juma kuni ikki kunlik tashrif bilan kelgan edi. U mamlakat prezidenti, bosh vaziri va Gruziya patriarxi bilan yakkama-yakka uchrashuv o‘tkazishga ulgurdi.

"Men yaxshilikni unutmaydigan bu xalq, bu davlat bilan do‘stlashishni chin yurakdan istayman. Bu xalq mehmondo‘stligi uning umid to‘la hayotiy qoidalariga to‘liq mos keladi… Xudo menga shunday muqaddas joyni ziyorat qilish imkonini berganidan baxtiyorman", — deb ta’kidlagan pontifik juma kuni kechqurun Gruziya patriarxi Iliya Ikkinchi bilan uchrashuvi chog‘ida.

Iliya Ikkinchi esa, o‘z navbatida Rim Papasini "suyukli og‘am" deb atagan.

Eslatib o‘tamiz, Rim Papasi Gruziyaga mamlakat prezidenti va partiarxi taklifi bilan qadam ranjida qilgan edi. Yakshanba kuni u Tbilisidan Bakuga yo‘l oladi.

© Sputnik / Mediabankka o‘tishGruziya xalqi Rim papasini olqishlar bilan qarshi olmoqda
Gruziya xalqi Rim papasini olqishlar bilan qarshi olmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Gruziya xalqi Rim papasini olqishlar bilan qarshi olmoqda
Yangiliklar lentasi
0