Jamiyat

Bugun velo marafon tufayli Toshkentning bir necha koʻchalari yopiladi

© Sputnik / StringerToshkentdagi velopoyga
Toshkentdagi velopoyga - Sputnik Oʻzbekiston
Poytaxtda oʻtkazilayotgan “Kamolot-Tur” velomarafoni tufayli yakshanba kuni soat 09:00 dan 11:00 gacha shaharning bir necha koʻchalarida avtomobil transporti harakati cheklanadi.

TOSHKENT, 2 okt — Sputnik. 2 oktyabr yakshanba kuni Toshkentda "Kamolot-Tur" velomarafoning finali boʻlib oʻtadi. Ushbu tadbir oʻtkazilishi munosabati bilan, soat 09:00 dan 11:00 gacha shahar markazida harakat cheklangan boʻladi, deb xabar qilmoqda poytaxt hokimiyati matbuot xizmati.

Xususan, Abdulla Qodiriy, Abay, Navoiy, Sharof Rashidov, va Oybek va boshqa koʻchalarda vaqtincha avtomobil transporti harakati cheklanadi.

Shahar maʼmuriyati ushby noqulayliklar uchun aholidan uzr soʻrab, haydovchilardan marafon oʻtkazish vaqtida boshqa yoʻnalishlardan foydalanishni soʻrashmoqda.

© Xokimiyat TashkentaVelopoyga oʻtadigan koʻchalar
Sxema perekrыtiya ulits Tashkenta vo vremya velomarafona - Sputnik Oʻzbekiston
Velopoyga oʻtadigan koʻchalar


Oʻtgan dam olish kunlari Toshkentda “Kamolot-Tur” velopoygasi oʻtkazilgan edi. Unda 150ga yaqin velosipedchilar qatnashgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala