Olma-Ota aeroportida simob to‘kilib ketdi – odamlar evakuatsiya qilinmoqda

© Foto: ofitsialnaya stranitsa aeroporta Almati v FacebookOlma-Ota aeroportida yo‘lovchilar evakuatsiya qilindi
Olma-Ota aeroportida yo‘lovchilar evakuatsiya qilindi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘istonning Olma-Ota shahri aeroportida simob to‘kilib ketganidan keyin yo‘lovchilar evakuatsiya qilinmoqda.

TOShKENT, 3 okt —Sputnik. Qozog‘istonning Olma-Ota shahri aeroportida favqulodda holat yuz berdi. Aeroport hududida simob to‘kilib ketishi sababli odamlar evakuatsiya qilinmoqda, deb xabar qilmoqda BNews.kz axborot agentligi.

“Aeroportda odamlar evakuatsiya qilinmoqda. Xalqaro parvozlar zonasida yo‘lovchilar va yuklarni ko‘zdan kechirish vaqtida simob to‘kilib ketdi”, — deyilgan xabarda.

Olma-Ota – Tbilisi yo‘nalishida uchayotgan yo‘lovchilardan biri 150 millilitr simobni oddiy shisha idishda olib o‘tmoqchi bo‘lgan. Yo‘lovchilarni ko‘zdan kechirish vaqti simob borligi aniqlangan, shundan keyin,  38 yoshli Qozog‘iston fuqarosi simobni kutish zalidagi axlat qutisiga to‘kib tashlagan. Bundan xabar topgan aeroport xizmatlari darhol barchani evakuatsiya qilishni boshlagan.

Olma-Ota aeroportiga qo‘nayotgan barcha parvozlar qoldirilmoqda. Aeroportga Qozog‘iston IIV Favqulodda xizmatlari yetib kelishgan.

Yangiliklar lentasi
0