AQShning Sietl shahrida "Toshkent" parki ochildi

© Sputnik / O. Ivanov / Mediabankka o‘tishTungi Sietl
Tungi  Sietl - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Parkning ochilish marosimi O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bir daqiqa sukut saqlash bilan boshlandi

TOShKENT, 3 okt — Sputnik. Sietl shahrida O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi va "Sietl-Toshkent" birodarlashgan shaharlar assotsiatsiyasi hamkorligida "Toshkent" parkining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi "Jahon" AA.

Parkning ochilish marosimida Sietl hokimiyati va birodarlashgan shaharlar assotsiatsiyasi rahbariyati, Vashington universiteti vakillari hamda shahar ahli ishtirok etdi. Marosim O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bir daqiqa sukut saqlash bilan boshlandi.

O‘zbekiston TIV rahbari AQSh Davlat kotibi bilan uchrashdi - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Karimovning vafotidan keyin O‘zbekiston bilan sheriklik siyosatini davom ettiradi

"Sietl-Toshkent" birodarlashgan shaharlar assotsiatsiyasi vakillari "Toshkent" parkining tarixiy ahamiyati hamda parkning to‘liq restavratsiyadan keyin qiyofasi butunlay o‘zgacha chiroy ochganini qayd etdilar.

Assotsiatsiya o‘zbekistonlik hamkorlari bilan munosabatlarni mustahkamlash va O‘zbekiston bilan uzviy aloqalarni davom ettirishni rejalashtirgan.
Sietl shahri meri o‘rinbosari Xiyek Kim ikki davlat o‘rtasidagi madaniy, ma’rifiy va tadbirkorlik borasidagi hamkorlikni qo‘llab-quvvatladi va mamlakatlar xalqlarining o‘zaro hamkorliklari yanada kuchayishiga umid bildirdi.

"Shahrimizdagi "Toshkent" parki nafaqat hamkorlik aloqalarining tarixiy davrini, balki ikki davlat va xalqlarning samarali hamkorligi natijasini ham ifodalaydi", — dedi u.

Ochilish marosimi ishtirokchilari shuningdek, O‘zbekistonda turli sohalarda amalga oshirilayotgan keng miqyosdagi islohotlarning borishi bilan ham tanishdilar.

Yangiliklar lentasi
0