"Avtodor" kompaniyasi “Kazavtojol” bilan hamkorlik qiladi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishAvtomagistral
Avtomagistral - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Korxonalar avtoyo‘l qurilishi, loyihalashtirish, ta’mirlash va saqlashda, sohaga ilmiy-texnik jihatdan yangiliklar kiritishda, yangi texnologiyalar, intellektual transport tizimi kiritishda hamkorlik qilishadi.

TOShKENT, 4 okt — Sputnik. “Rossiya avtomobil yo‘llari” davlat korxonasi Qozog‘istonning "Kazavtojol" milliy kompaniyasi bilan avtomobil yo‘llari qurilishi va loyihalashtirilishi sohasida hamkorlik qiladi, deb xabar qildi "Avtodor".

Ikki mamalkat korxonalari tomonidan imzolangan memorandumda, korxonalar avtoyo‘l qurilishi, loyihalashtirish, ta’mirlash va saqlashda, sohaga ilmiy-texnik jihatdan yangiliklar kiritishda, yangi texnologiyalar, intellektual transport tizimi va yo‘l oldi xizmatlari sifatini yaxshilashda hamkorlik qilish nazarda tutilgan.  

“Hamkorlikdan imkon qadar kattaroq foyda olish uchun tomonlar o‘zaro ma’lumot almashish hamda qo‘shma komissiya va ishchi guruhlar orasida maslahatlar o‘tkazishga kelishib olishdi”, — deyilgan xabarda.    

"Avtodor" 2009-yilda tashkil qilingan bo‘lib, kompaniya maqsadi – Rossiyada tezurar magistrallar tizimini yaratish, ushbu sohaga davlat budjetidan tashqari manbaalar sarmoyalarini jalb qilish, yo‘l servisi majmualarini rivojlantirishdir.

"Kazavtojol" milliy kompaniyasi Qozog‘iston Respublikasi avtomobil yo‘llari sohasini boshqaruvchi milliy operatoridir.

Yangiliklar lentasi
0