Rossiya Suriyada S-300 joylashtirishga haqli

© Sputnik / Yuriy Shipilov / Mediabankka o‘tishS-300 zenit - raketa kompleksi
S-300 zenit - raketa kompleksi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Suriyada samolyot va qanotli raketalardan himoya qiladigan S-300 majmuasini joylashtirishi uchun hech qanday to‘siq yo‘q, dedi Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi.

TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Rossiya Suriya hududida joylashgan harbiy qo‘shnlarini himoya qilish uchun u yerda S-300 Havo hujumidan himoyalanish tizimini joylashtirishga haqli dedi, Federatsiya kengashining Mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi raisi Viktor Ozerov.

AQSh fikriga ko‘ra, Rossiya Suriyada eng yangi Havo hujumidan himoyalanish S-300VM tizimini allaqachon olib kelgan, RIA Novosti Fox News telekanali xabariga asosan.

Bunday tizim dushman samolyotlarini va qanotli raketalarini yo‘q qilish imkoniyatiga ega. AQSh manbaalari xabariga ko‘ra, S-300 tizimlari Tartus portidagi Rossiya harbiy bazasining doklarida joylashtirilgan. Tizim hali ishga tushirilmagan.

“Bizga hech kim va hech narsa, jumladan xalqaro shartnomalar ham Suriyada oldimizda turga masalalarni yechish uchun, Rossiya harbiy-kosmik qo‘shnlar guruhi joylashgan joylarda bunday tizimlarni joylashtirishga xalal bera olmaydi. ”, — dedi rossiyalik senator.  

Uning so‘zlariga qaraganda S-300 Rossiya  harbiy kuchlarini havodan va yerdan turib qilinadigan hujumlardan himoya qilishi mumkin. Bunday tizimlar, o‘tgan yili Rossiya Su-24 samolyoti bilan sodir bo‘lgan fojealar kabi fojealarni oldini olishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 24-noyabr kuni Suriya hududida Rossiyanin Su-24 bombardimonchi samolyoti Turkiya qiruvchisi tomonidan urib tushirilgan edi. Samolyot uchuvchisi Oleg Peshkov  katapulta qilish vaqti yerdan turib otib tashlangan edi.

Yangiliklar lentasi
0