Jamiyat

Toshkentda 5 oktyabr kuni havo harorati +25 darajagacha iliq boʻladi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Fotobankka oʻtishOltin kuz fasli
Oltin kuz fasli - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda 5 oktyabr, chorshanba kuni yogʻingarchilik kutilmaydi

TOSHKENT, 4 okt — Sputnik. Oʻzbekistonda 5 oktyabr, chorshanba kuni yogʻingarchilik kutilmaydi, deb xabar qilmoqda "Oʻzgidromet" markazi.

Maʼlumotlarga koʻra, chorshanbaga oʻtar kechasi Oʻzbekistonning togʻli hududlarida +3…+8 daraja, Toshkent shahrida +8…+10 daraja, Fargʻona vodiysi viloyatlarida +6…+11 daraja, qolgan barcha hududlarda +13…+16 darajagacha iliq boʻlishi kutilmoqda.

5 oktyabr kuni kunduzi mamlakatning togʻli joylarida +13…+18 daraja, Fargʻona, Andijon va Namangan viloyatlarida +17…+22 daraja, Toshkent shahrida +20…+25 daraja, Qoraqalpogʻiston va Xorazm viloyatida +17…+22 daraja, Samarqand, Jizzax, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo va Navoiy viloyatlarida +22…+27 darajacha iliq boʻlishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala