Dunyoda

"Dunyo politsiyachisi" boʻlmish AQSH oʻz tartib-qoidalarini oʻrnata boshlasa nima boʻlishi oydinlashdi

© Sputnik / Stringer / Fotobankka oʻtishAmerika harbiylari
Amerika harbiylari - Sputnik Oʻzbekiston
NATO sobiq Bosh kotibi Foga Rasmussenning AQSH "dunyo politsiyachisi"ga aylanishi kerak, degan bayonoti - sariq chaqaga ham arzimaydigan gapdir - bunga iqror boʻlish uchun Vashington endi-endi bu rolni oʻziga bichib koʻra boshlagan paytlarda nimalar roʻy berganini esga olishning oʻzi kifoya, deb yozadi The National Interest

TOSHKENT, 4 okt — Sputnik. AQShning "dunyo politsiyachisi" boʻlishga intilishi xitoylik politsiyachilarning Nyu-Yorkka kelib, u yerda Xitoy qonun-qoidalari asosida tartib oʻrnata boshlashlari bilan barobardir, deb yozadi maqola muallifi. RIA Novosti xabari asosida.

NATO bayrogʻi - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
NATO sobiq bosh kotibi AQShni “jahon politsiyachisi” boʻlishga chaqirdi
Qoʻshma Shtatlar boshqa mamlakatda roʻy berayotgan fuqarolik urushi haqida shunga asos boʻlgan taqdirda "havotir bildirishlari" mumkin, deb yozadi The National Interest.

"Misol uchun, Vashington odamlarga insonparvarlik yordamini koʻrsatishi yoxud mojaroni diplomatik yoʻl bilan hal etishda koʻmakdosh boʻlishi mumkin", — deyilgan maqolada.

"Ammo Qoʻshma Shtatlar mojaroda qatnashuvchi tomonlardan birini qoʻllab-quvvatlash uchun oʻz harbiylaridan foydalanishi va oʻziga maqbul boʻlmaganlarni oʻldirishi mumkinmas", — deya qoʻshimcha qilinadi maqolada.

AQShning jahonga "dunyo jandarmi" sifatida nechogʻlik kerak ekanligini anglash uchun Vashingtonning soʻnggi oʻn yillikda ushbu rolni oʻynash uchun qilgan hatti-harakatlaridan nechogʻlik foyda boʻlganini tahlil qilishning oʻzi kifoya, deb taʼkidlaydi maqola muallifi.

"Javob topish koʻp vaqtni olmaydi — yoʻq. AQShning boshqa mamlakatlarga suqilib kirishi koʻpdan-koʻp hollarda vaziyatni yanada yomonlashtirgan. Amerika tomonidan amalga oshirilgan harbiy operatsiyalarning hech biri tinchlikni qayta tiklashga xizmat qilmagan", — deb yozadi The National Interest.

F-22 qiruvchisi, AQSH HHK - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Washington Post: Amerika eng qiyin paytda oʻz ittifoqdoshlarini tashlab ketdi
Maqola muallifiga koʻra, AQShning Iroqdagi hatti-harakatlari yuz minglab tinch aholining nobud boʻlishiga olib kelgan, shu bilan birga hanuzga qadar Iroq urushini toʻxtatishning chorasi topilgani yoʻq. Afgʻonistonga AQShning bostirib kirishi terrorchilar guruhlari bosh koʻtarishi hamda Tolibon yaratilishiga olib keldi. Liviya haligacha qonli fuqarolar urushi girdobidan chiqa olgani yoʻq. Harbiy kuchning Suriya, Pokiston, Yaman va Somalida qoʻllanilishi esa zoʻravonlikni kuchaytirdi, xolos.

Qoʻshma Shtatlar oʻn yillar davomida "dunyo jandarmi" vazifasini bajarishga xarchand urinmasin, ammo hech qanday natijaga erishaolmadi va ular buni tan olishlari shart, deb xotima yasaydi maqola muallifi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala