GM Uzbekistan Belorussiyada Ravonni namoyish etdi

© Sputnik / Yevgeniya Novojenina / Mediabankka o‘tishRAVON brendi
RAVON brendi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Belorus bozorida yangi brendning modellar qatorida R2, Nexia R3 va Gentra avtomobillari namoyish etildi

TOShKENT, 4 okt — Sputnik. GM Uzbekistan 30-sentabr kuni Belorussiyada Ravon brendini taqdim etdi, deb xabar berdi kompaniya matbuot xizmati.

Belorus bozorida yangi brendning modellar qatorida R2, Nexia R3 va Gentra avtomobillari namoyish etildi.  Yil oxiriga qadar ular safiga R4 modeli ham qo‘shiladi.

RAVON avtomobillari taqdimot marosimi - Sputnik O‘zbekiston
Ravon – zanglamas

Kompaniya joriy yilda MDHning yetakchi bozorlaridagi dilerlik tarmog‘ini kengaytirishni rejalashtirgan. Oktabr oyidan dekabrga qadar Ozarbayjon va Turkmanistonda ham brend taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Shu tarzda o‘zbek avtomobil ishlab chiqaruvchisi Hamdo‘stlik mamlakatlaridagi deyarli barcha avtomobil bozorlarini qamrab oladi.

2017 yilda GM Uzbekistan har bir davlatda hududiy dilerlik tarmoqlarini kengaytirishni davom ettiradi.

Yangiliklar lentasi
0